Kontent qismiga oʻtish

Dendrobatsillin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dendrobatsillin - bakterial preparat; spora-kristall hosil qiluvchi bakteriya — Bacillus thuringiensis var. Dendrolimus asosida olinadi. Asosan sporalar va inert toʻldirgich (makkajoʻxori ekstrakti, oqsil achitqi va b.) dan tashkil topgan kulrang kukun. Quruq va hoʻllanuvchan kukun holida ishlab chiqariladi. 1 g kukunida 60 (100) mlrd. yashovchan spora hamda shuncha zaharli oqsil kristallari (parasporal tanalar) mavjud. D. koʻsak qurtining turli, ayniqsa 1—2 yoshdagi kurtlariga yaxshi taʼsir etadi. Qurt tanasiga D. ozuqa bilan birga kiradi, shuning uchun preparat purkashni zararkunandaning eng faol oziqlanish davrida oʻtkazish kerak. Havo haroratining yuqori boʻlishi D. samaradorligini yana ham orttiradi. Traktor purkagichlari yordamida purkaladi. Suspenziya tayyorlash vaqtida D.ga insektitsid ham qoʻshiladi. 85% li hoʻllanuvchan kukuni sarf normasi sevin bilan aralashtirilganda 0,7— 1,0+0,3 kg/ga, ish suyukligi 200—400 l/ga.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil