Kontent qismiga oʻtish

Delfin ko'li ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xonobod shahri Delfin ko'li ziyoratgohi

Delfin ko'li ziyoratgohi — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyatining Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh boʻlgan janubiy-sharqiy hududida — Xonobod shahrining Kampirravot MFYda joylashgan.[1].

Barpo etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2018-yil 19-may kuni Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida hududda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar asosida Xonobod shahrida Delfin ko’li dam olish maskani barpo etilib aholiga foydalanishga topshirildi.

Xonobod shahridagi Kampirravot MFY: Ekoturizm va Mahalliy Aholi Rivojlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xonobod shahar Kampirravot MFYni maydoni 64 gektarni bo’lib, aholi soni 3321nafarni tashkil qiladi. Asosan drayveri ekoturizm xisoblanib, yillik sayyohlar tashrifi – 50 ming nafarni tashkil qiladi.

Loyiha budjeti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loyiha qiymati 1 milliard so‘mga teng bo‘lib, qisqa davr ichida qarovsiz joy butunlay yangi qiyofa kasb etdi. Xonobod shahar Kampirravot MFYda qad rostlagan bu maskan sun’iy ko‘l, 7 ta 2 qavatli kemping, yozgi kafe, cho‘milish havzalaridan iborat.

Binolarni qurishda yog’och va pishgan g’ishtdan foydalanilgan. “Delfin ko’li” dam olish maskani yong’in hafsizligi va barcha boshqa havfsizliklar bilan ta’minlangan. Bu maskan o’zini toza havosi va tabiiy landshafti bilan o’ziga turistlarni jalb qiladi.