De Wilhelmus
Lyuksemburg Buyuk Gersog madhiyasi | |
Henri, Lyuksemburg gersogi | |
Soʻz muallif(lar)i | Nik Welter |
---|---|
Qabul qilindi | 1919-yil |
De Wilhelmus (talaffuzi [də vilˈhælmus]; lyuksemburgcha „Wilhelmus“) Lyuksemburgning Buyuk Gersog madhiyasi. Uning soʻzlari 1919-yilda lyuksemburglik yozuvchi Nik Welter tomonidan yozilgan. Madhiya gersog oilasi aʼzolaridan biri rasmiy marosimga kirganda yoki undan chiqib ketganda, milliy madhiya „Ons Heemecht“ esa milliy bayramlarda ijro etiladi[1].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]"De Wilhelmus" Gollandiya milliy madhiyasi „Het Wilhelmus“ bilan umumiy kelib chiqishi bor. Yaratilish davri 16-asrga toʻgʻri keladi. Garchi ular bir xil ohangni ishlatmasalar ham maʼnoviy jihatdan umumiylik mavjud[1][2]. Lyuksemburg 1815-yildan 1890-yilgacha Gollandiya bilan shaxsiy ittifoqda boʻlgan va kuy 1883-yildan boshlab Gollandiya qirollik oilasi aʼzolarining Lyuksemburgga bir necha rasmiy tashriflarida yangragan[3].
1915-yilda lyuksemburglik yozuvchi Willy Georgen 1815-yilgi Vena kongressini xotirlash uchun madhiyaning birinchi matnini yozgan. Uning qoʻshiqlari Buyuk Gersoginya Marie-Adélaïde tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa-da, Birinchi jahon urushi va 1919-yilda Marie-Adélaïdeng singlisi Charlotte foydasiga taxtdan voz kechishi, nemisparastlik shubhalari tufayli Willy Georgenning qoʻshiqlari rasman qabul qilinmagan edi.
1919-yilning 6-noyabrida lyuksemburglik yozuvchi Nik Welter Buyuk Gersog Charlotte va shahzoda Félix ning nikohiga bagʻishlangan madhiya uchun ilk soʻzlarni yozgan. Welter soʻzlari yozilgan madhiya birinchi marta 1920-yil 23-yanvarda, Charlottening 24 yoshga toʻlgan kuni Notr-Dam soboridagi Te Deum xori tomonidan „Luksemburg-Nassau-Burbon uyining madhiyasi“ sifatida ijro etilgan. Taxminan bir vaqtning oʻzida Lyuksemburg sobori organisti Jean-Pierre Beicht toʻrt qismli xor uchun madhiyani uygʻunlashtirdi. Keyinchalik Welter madhiya uchun yozgan birinchi misrasini oʻsha davrdagi voqealar bilan qayta belgilab qoʻyib, qaytadan yaratdi.
Matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nik Welterning 1919-yildagi matni bugungi kungacha saqlanib qolgan bo'lsa-da, ko'pchilik lyuksemburgliklar ularni bilishmaydi, chunki odatda rasmiy marosimlarda faqat musiqa ijro etiladi.
Ikkinchi matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lyuksemburg tilida[4] | IPA transkripsiyasi |
---|---|
I |
1 |
Asl matn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lyuksemburg tilida | Ingliz tilida | Nemis tilida | Fransuz tilida |
---|---|---|---|
I |
I |
I |
I |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Knowledge Bites: Ons Heemecht and De Wilhelmus – Luxembourg’s Anthems“ (en). RTL Today. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ „The Grand Ducal Family of Luxembourg“ (en). Government of the Grand Duchy of Luxembourg 107–108 (2002-yil sentyabr). 2006-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Luxfan „Luxarazzi 101: De Wilhelmus, Luxembourg's Grand Ducal Anthem“. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
- ↑ „Lidderbuch“. Association des Cercles d’Étudiants Luxembourgeois 106–107 (2020). 2022-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Les usages protocolaires de la Cour" [Protocols of the court]