Kontent qismiga oʻtish

Daydilar uchun dastur

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Daydi“lar uchun dastur
Asl nomi Priročnik za klatenje
Muallif(lar) Slavko Pregl
Tarjimon(lar) Husan Roʻzimatov
Til sloven
Janr(lar)i ertaklar va hikoyalar
Nashr etilgan sanasi 1977
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1986
Sahifalar soni 72

„„Daydi“lar uchun dastur“ (slovencha: Priročnik za klatenje) — sloveniyalik yozuvchi Slavko Pregl qalamiga mansub ertaklar va hikoyalar toʻplami. Ilk bor 1977-yil chop etilgan toʻplam maktabgacha yoshda boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan. Toʻplamda maktab va maktabdan tashqarisidagi hayot haqida hikoya qilinadi[1].

Asar bir necha tilga, jumladan, rus va oʻzbek tillariga tarjima qilingan. Toʻplamni oʻzbek tiliga rus tilidan Husan Roʻzimatov oʻgirgan. Oʻzbekcha tarjima 1986-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Original toʻplamga 24 hikoya kiritilgan boʻlib[2], ruscha va oʻzbekcha tarjimalarga ularning barchasi kiritilmagan.

  1. Šimaga, Maja „REPREZENTACIJE DEKLIŠTVA V TRIVIALNI MLADINSKI LITERATURI“ (slovencha). Lyublyana universiteti 11 (2003). Qaraldi: 19-yanvar 2025-yil.
  2. Trobec, Ana Marija „SLOVENSKA KRATKA MLADINSKA PRIPOVED“ (slovencha). Lyublyana universiteti 38-40. Qaraldi: 19-yanvar 2025-yil.