Daxmai shohon (Buxoro)
Daxmai shohon | |
---|---|
Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohon — Shohlar daxmasi (Podshohlar xilxonasi) | |
Joylashuvi |
Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi Qasri Orifon qishlogʻi Kogon tumani Buxoro viloyati Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 39°48′05″N 64°32′11″E / 39.801442115204416°N 64.53651191068052°E /--> |
Konfessiya | islom |
Turi | xilxona |
Qurilish boshlanishi | XV asr |
Qurilish yakunlanishi | XIX asr |
Qurilish materiali | marmar va pishgan gʻisht |
Daxmai shohon (Buxoro) Vikiomborda |
Daxmai shohon (Shohlar daxmasi, Podshohlar xilxonasi) — meʼmoriy yodgorlik. Temuriylar, Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolalari vakillari dafn etilgan daxmalardan tashkil topgan xilxona. Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Kogon tumani Qasri Orifon qishlogʻidagi Bahouddin Naqshband majmuasida joylashgan.
Daxmai shohon "Raravi daroz" nomli uzun yoʻlak boʻylab joylashgan, toʻrtburchak tarhli, 2,5 metr balandlikda, usti kulrang marmarlar bilan qoplangan. Marmardagi tokchalar, ustunchalar, bezaklar, naqshlarning baʼzida yozuvlar bilan uygʻun holda uchrashi marmar oʻymakorligi va xattotlik sanʼatining oʻziga xos namunalaridir[1].
Daxmai shohon sufa shaklida baland koʻtarilgan 6 ta daxmalardan tashkil topgan. Daxmalar katta gʻishtin parallel koʻrinishida boʻlib, bezakli marmar bilan qoplangan. Ustidagi qabrtoshlar yuzasiga bitilgan Qurʼon oyatlari, tarixiy ismlar va sanalar, sanʼatkorona bezaklari hamda oʻziga xos, betakror meʼmoriy shakli bilan diqqatga sazovordir[1].
Daxmai shohondagi "Temuriy sultonlar daxmalari", "Shayboniylar daxmasi", "Abdullaxon II daxmasi", "Imomqulixon daxmasi", "Subhonqulixon daxmasi", "Podsho Oyim daxmasi", "Ubaydullaxon II daxmasi" har biri alohida nom ostida Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat himoyasiga olingan[2].
Temuriylar sulolasiga tegishli daxmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daxmai shohon tadqiq etilishi natijasida unda XV asrga va Temuriylarga tegishli daxmalar aniqlangan.
Shayboniylar sulolasiga tegishli daxmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daxmai shohon tadqiq etilishi natijasida unda XVI asrga va Abdullaxon IIga tegishli "Abdullaxon daxmasi" aniqlangan[1].
Ashtarxoniylar sulolasiga tegishli daxmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daxmai shohon tadqiq etilishi natijasida 1690-yillarda Subhonqulixon va uning xotini Sitorai Mohi xossa tomonidan 3 ta daxma ("Subhonqulixon daxmasi", "Ubaydullaxon daxmasi", "Podsho Oyim daxmasi") qurilganligi; daxmalarda Imomqulixon va Nadr devonbegilarning nomlari ham bitilganligi aniqlangan[1].
Manbalarga koʻra, Abulfayzxon ham shu yerda dafn etilgan[3][4].
Subhonqulixon va Ubaydullaxon daxmalarining tarxi bir-birini takrorlaydi. Ularning janubiy qismida qubbasimon koridor-vestibul, uning tomida tuynuklar, shimoliy devorida esa qubbasimon daxmalarga olib kiruvchi eshiklar joylashgan[1].
Ayollar daxmasi — bir-biri bilan qiya gumbazli xochsimon shakllar koʻrinishidagi keng tuynuklar orqali tutashtirilgan 6 ta xonadan iborat. Xonalardan birining tepasi zinapoyali vestibul hisoblanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Bahouddin Naqshband tarixiy-meʼmoriy majmuasi 2019, s. 63—66.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
- ↑ Buxoro tarixi 2016, s. 266.
- ↑ Zamonov 2021, s. 115.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yoʻldoshev N., Bobojonov Sh.. Bahouddin Naqshband tarixiy-meʼmoriy majmuasi. Toshkent: Navroʻz, 2019 — 116-bet. ISBN 978-9943-5655-8-6.
- Rajabov Q., Inyatov S.. Buxoro tarixi. Toshkent: Tafakkur, 2016 — 460-bet.
- Zamonov A.. Buxoro xonligining Ashtarxiniy hukmdorlari: monografiya. Toshkent: Bayoz, 2021 — 136-bet. ISBN 978-9943-6372-1-4.