Davrakashlik
Qiyofa
Davrakashlik — toʻquv korxonalarida pishitilgan ipakni davraga oʻrab tandalash. D. bilan shugʻullanuvchi usta davrakash deb ataladi. Qadimda davralash davra, qumxona, panja vositasida olib borilgan. Sunʼiy ipak va tabiiy ipakni davralash bir-biridan sal farq qiladi. Masalan, viskozani davralashda uning iplari yozilib ketadi. Shuning uchun u choriga emas, gʻaltakka oʻraladi va iplarning uchlari birlashtirilib, soʻng davraga oʻraladi. Hozir atlas toʻqish korxonalarida ipak davralash ishi asosan mashinalarda olib boriladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |