Kontent qismiga oʻtish

Davomli jinoyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davomli jinoyat — OʻzR JKning 32 — m.siga koʻra, bir maqsadga erishish uchun bir — biriga oʻxshash harakatdan iborat boʻlgan jinoyat. Davomli jinoyat umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yoʻnaltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir — biriga oʻxshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat. Bunday qilmishlarning oʻziga xos xususiyati ularning doimiy ravishda emas, balki mustaqil jinoyat xarakterida boʻlmagan, bitta jinoiy qilmishning amalga oshirilishi, davom ettirilishi bosqichini ifodalaydigan muayyan vaqt davomida qayta takrorlanuvchi harakatlar boʻlib hisoblanishidadir.[1] Davomli jinoyatning alohida koʻrinishi mustaqil jinoyat xarakteriga ega boʻlmasa, mustaqil tavsif etilmaydi; uning yigʻindisi bir martalik jinoyat sifatida qaraladi. Davomli jinoyat aybdorning muayyan jinoiy natijaga erishishga qaratilgan umumiy, yagona mujassamlashtirilgan bir turdagi harakatlarning amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi. Masalan, shaʼn va qadr — qimmatni muttasil ravishda kamsitish yoʻli bilan oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazish (103 — m.); muttasil ravishda doʻpposlash yoʻli b — n qiynash (110 — m .); muntazam xoʻrlash yoʻli b — n harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi ustav qoidalarini buzish (285 — m .) va b. Davomli jinoyatda shaxs jinoiy harakatlarining alohida koʻrinishlari oʻrtasida shaxs jinoiy xulqining obʼektiv va subʼektiv belgilarga koʻra, turli vaqtda bosqichma — bosqich amalga oshiriladigan boshlangan jinoyatning oʻziga xos bosqichi, davomi sifatida aks etishidan guvohlik beruvchi yaqin aloqa mavjud boʻladi. Davomli jinoyat yuridik nuqtai nazardan yagona jinoyatdir. Davomli jinoyat birinchi jinoiy tajovuzning amalga oshirilishi paytidan boshlanadi va oxirgisi b — n tugallanadi. Bir xil boʻlsa — da, bir qancha alohida harakatlarning amalga oshirilishiga qaramay, u yagona jinoyat deb topiladi. Masalan, aybdor korxonadan televizorni oʻmarish maqsadida oʻtish darvozasidan har doim bitta qismdan olib chiqadi. U detalni navbatdagi olib chiqishi paytida qoʻlga olinsa, qilmish takroran talon — toroj qilishni tashkil etmaydi, chunki detal bittadan 50 marta olib chiqilgan taqdirda ham, televizorni oʻgirlash b — n qamrab olingan. Davomli jinoyatda muayyan jinoiy natijaga yoʻnaltirilishi sababli, bu natijaga erishilmagan taqdirda, suiqasd sifatida tavsiflanadi[2].

  1. O'zR Jinoyat kodeksi. 
  2. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi