Davlat ekologik ekspertizasi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Davlat ekologik ekspertizasi — ixtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari OʻzR Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari tomonidan amalga oshiriladigan ekologik ekspertiza. Davlat ekologik ekspertizasi: prognoz qilinayotgan, moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik va b. xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini; atrof muhitning holatiga va fuqarolar sogʻligʻiga zarar koʻrsatishi mumkin boʻlgan yoki zararli taʼsir koʻrsatishi moʻljallanayotgan va amalga oshirilayotgan xoʻjalik hamda boshqa xil faoliyatning ekologik xavflilik darajasini;atrof — muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash uchun oʻtkaziladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi