David Starr Jordan
David Starr Jordan | |
---|---|
Tavalludi |
19-yanvar 1851-yil Wyoming, Nyu-York, AQSH |
Vafoti |
19-sentyabr 1931-yil (80 yoshda) Stanford, Kaliforniya, AQSH |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Botanik, zoolog, avtobiograf, ixtiolog, yevgenik, pedagog, yozuvchi, tabiatshunos |
Ish joylari | |
Ilmiy darajasi | Ph.D. |
David Starr Jordan (talaffuzi: Devid Starr Jordan; 1851-yil 19-yanvar — 1931-yil 19-sentyabr) — amerikalik ixtiolog, zoolog va patsifist; Indiana (1884-1891) va Stanford (1891-1913) universitetlari prezidenti.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nyu-York shtatining Gainesville shahrida tugʻilgan. Jordan bolalik chogʻlaridanoq botanika va oʻsimliklar taksonomiyasiga qiziqqan. 1869-yilda u Cornell universitetiga oʻqishga kiradi hamda 1872-yilga kelib magistrlik darajasini oladi. U Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻrta Gʻarbiy qismidagi turli oliy oʻquv yurtlarida dars beradi va fan bilan shugʻullanadi.
1874-yilda Jordan AQSh Baliqchilik qoʻmitasining laboratoriyasiga tashrif buyuradi va u yerda ixtiolog Spenser Fullerton Berdning taʼsiri ostida boʻladi. 1880-yillarning oʻrtalariga kelib Jordan Berdning moliyaviy koʻmagi ostida birinchi ekspeditsiyasini Indiana va Viskonsin shtatlarida, 1876-yildan keyin esa asosan AQShning janubida asosan baliqlari kam boʻlgan hududlarda har yili ixtiologik ekspeditsiyalarni tashkil uyushtiradi; toʻplangan namunalar esa oʻsha yillarda Berd rahbarlik qilayotgan Smitson institutiga yuborilgan.
1876-yilda u Butler universitetining professori sifatida oʻzining asosiy asarlarini nashr etadi: „Shimoliy Amerika Qoʻshma Shtatlarining umurtqali hayvonlari uchun qoʻllanmasi, shu jumladan Missisipi daryosining sharqida joylashgan hudud va Shimoliy Karolina va Tennessi shimolida joylashgan va dengiz turlarini oʻz ichiga olmaydi“. (inglizcha: A Manual of Vertebrates of the Northern United States Including the District East of the Mississippi River and North of North Carolina and Tennessee, Exclusive of Marine Species).
1878-yilga kelib u falsafa fanlari doktori[1] boʻldi. 1879-yilda esa Indiana universitetida zoologiya professori lavozimini egalladi. 1880-yilda Berd sharafi bilan uyushtirilgan, mamlakat baliqchilikni tekshirish munosabati bilan Jordan AQShning butun Tinch okeani sohillari boʻylab, Meksikadan Kanada chegarasigacha boʻlgan baliqlarni oʻrganish uchun ekspeditsiya uyushtiradi. 1884-yilga kelib esa zoologiya professori tomonidan Indiana universiteti prezidenti boʻlish taklifi beriladi. Garchi Jordan ilm-fan bilan shugʻullangan boʻlsa-da, u samarali boshqaruvchi edi va universitetning moliyaviy ahvolini yaxshiladi.
1891-yilda Jordanga, Stanford universitetining birinchi prezidenti boʻlish taklifi beriladi. U rozi boʻladi; U bilan Indiana universitetining bir qator professorlari va talabalari Kaliforniyaga koʻchib ketishadi. Jordan 1913-yilgacha prezident va 1916-yilgacha esa kansler (universitet rahbari) lavozimlarida ishlagan.
1896-1900-yillarga kelib u Evermann bilan hamkorlikda toʻrt jildlik klassik Fishes of North and Middle America maʼlumotnomasini nashr etadi.
1905-yilga kelib, u oʻz xoʻjayini, universitet homiysi boʻlgan Jeyn Stenfordning oʻlimining tabiiy sabablarini eʼlon qilib, zaharlanganligi toʻgʻrisidagi dalillarni yashirdi.
20 asrga kelib u jurnalistika bilan shugʻullangan; patsifistik qarashlarga amal qildi, yevgenika boʻyicha bir qator asarlar nashr etdi. U urushni insonning eng kuchli shaxslarini yoʻq qiladigan gʻayritabiiy faoliyat deb hisoblaydi[2].
David Starr Jordan 1931-yilga kelib, Palo-Altoda 80 yoshida vafot etdi.
1986-yilda ushbu olim sharafiga Jordan mukofoti taʼsis etilgan (inglizcha: David Starr Jordan Prize) har uch yilda bir yosh olimga evolyutsiya, ekologiya, populyatsiya biologiyasi yoki organizm biologiyasi sohasidagi innovatsion hissalari uchun beriladigan xalqaro mukofotdir.
Ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ilmiy ishlari
- Manual of the Vertebrates of the Northern United States (1876)
- Science sketches (1887)
- Fishes of North and Middle America (1896—1900)
- Animal Life: A First Book of Zoölogy (1900)
- Food and Game Fishes of North America (1902)
- Shore Fishes of Hawaii (1903)
- Guide to the Study of Fishes (1905)
- The Fish Fauna of the Tortugas Archipelago (1905)
- Boshqa ishlari
- Imperial Democracy (1899)
- The Philosophy of Despair (1901)
- Life's Enthusiasms (1906)
- The Blood of the Nation (1901 i 1910)
- California and the Californians (1911)
- War and Waste (1913)
- War's Aftermath (1914)
- Ways of Lasting Peace (1916)
- Democracy and World Relations (1920)
- Days of a Man (1922) — avtobiografiya
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „History of IU Presidents“ (en). 2012-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-iyun.
- ↑ „Papers of David Starr Jordan, CDG-A, Swarthmore College Peace Collection“ (en). 2012-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 29-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda David Starr Jordan haqida turkum mavjud |