Dastlabki tergov
Dastlabki tergov - sudgacha tergov yoʻli bilan dalil toʻplash. Dastlabki tergov davomida jinoyat va jinoyatchini aniqlash, ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan hamma holatlar boʻyicha dalillar yigʻiladi va tekshiriladi, muayyan shaxsni jinoyatni sodir qilganlikda ayblov masalasi hal etiladi. Dastlabki tergov - bu jinoyat ishini qo'zg'atish bosqichidan keyingi jinoiy jarayonning bosqichidir. Dastlabki tergov organlari sodir etilgan jinoyatning holatlarini aniqlashga majbur: ayblanuvchining shaxsi; uning aybdorlik darajasi; jinoyatning motivi; etkazilgan zarar miqdori; jinoyat sodir etilishiga yordam beradigan sabablar va shartlar va boshqalar. Dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi. Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi JPK 345-moddasi ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov o‘tkazilishi shart: Jinoyat kodeksining 97 — 1031, 108, 116, 141 — 149, 175-moddalarida, 177-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 180-1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 186-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 1921 — 19211, 1971, 205 — 212, 215, 218 — 221, 2294, 230, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 233 — 236, 2411-242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek qonunda ko‘rsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi — beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi qismida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135, 137-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164 — 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 1861-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193 — 204-moddalarida, 213-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 214-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 216, 217, 222-moddalarida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 243 — 2443, 2444-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 2481-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 251 — 2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 256 — 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 2787-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 130-moddasi uchinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 176, 178, 1863, 188, 1881, 2441, 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ishni qo‘zg‘atgan organ tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ushbu ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo‘lsa, o‘sha organ tomonidan olib boriladi. Agar tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni to‘liq hajmda tamomlashi mumkin. Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli bo‘lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga o‘tkazish ushbu Kodeksning 332 va 3812-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 3812-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi. Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli bo‘lsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng bo‘lganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tergovning har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qat’i nazar, quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o‘tkazishga haqli: 1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli bo‘lgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan bo‘lsa; 2) agar jinoyat ishining tergovi tegishli bo‘lgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar deb topilgan bo‘lsa; 3) aybsizligi ayon bo‘lgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qo‘zg‘atilganda; 4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qo‘llanilganda; 5) tergovning natijalariga va ish bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda. Jinoyat qayerda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi o‘sha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli bo‘ladi. Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, to‘la, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qo‘zg‘atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning ko‘pchiligi turgan yerda o‘tkazilishi ham mumkin. Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov bo‘linmasi boshlig‘ining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
1. Mirenskiy B. A., Rahmonqulov A. X., Chinibaev H. J. Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari: Darslik / Masʻul muharrir professor M. M. Fayziev. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005 yil –B.5-15. 2. Rustamboyev M.H., Nikiforova YE.N. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari: Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. -T.: TDYI nashriyoti, 2006. -564 bet 3. Huquqni muhofaza qilish organlari: Darslik / Mualliflar jamoasi – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 199–B. 4. Rustamboev M.H., Tuxtasheva U. A. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. (birinchi jildi.). T.: “ILM ZIYO”, 2011.—341 bet. 5. Rustamboev M.H., Tuxtasheva U. A. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. (Ikkinchi jildi.). T.: “ILM ZIYO”, 2011.—304 bet. 6. Гуценко К.Ф. Правоохранительные органы. Учебник. - М.: Кнорус, 2015. –С.12-25.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |