Kontent qismiga oʻtish

Dastaki mashinalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dastaki mashinalar, mexanikaviy asboblar — motori (dvigateli) ichiga oʻrnatib ketiladigan va qoʻlda ishlatiladigan texnologik mashinalar. Asosiy D. m. jumlasiga parmalash, silliklash-yaltiratish mashinalari (asboblari), mexanik arralar, qaychilar, bolgʻalar kiradi. D. m. yuritmasi pnevmatik (havoli), elektrik, gidravlik (suyuqlikli) va b. boʻlishi mumkin. D. m.ni operator (malakali ishchi) ishlatadi. Motorsiz D. m. (mas, arra, randa, parma va b.) dastaki (qoʻlda ishlatiladigan) qurollar deb ataladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil