Kontent qismiga oʻtish

Darvin mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Darvin mukofoti 1985-yillar atrofida Usenet yangiliklar guruhi tomonidan taqdim qilingan sarkastik mukofot hisoblanadi. U insoniyat evolyutsiyasiga o’z harakatlari sababli o’zining genini tarqatmaslik orqali rivoj qo’shgan insonlarga beriladi.

Loyiha 1993-yilda veb-sahifaning yaratilishi bilan, undan so’ng 2000-yilda Uendy Nortkat tomonidan yozilgan bir qancha kitoblar seriyasi bilan ommalashadi. Mukofot mezoni: Charlz Darvin ruhi sharafiga, insoniyatning umumiy genini o’z genidan o’zini qurbon qilish orqali himoya qilishga erishgan insonlarga beriladi. Darvin mukofoti sovrindorlari o’zlarini ahmoqona holatlarda o’ldirishadi va turlarning uzoq yashab qolishi ehtimolligni oshiradi.

O’zini baxtsiz hodisa tufayli sterillash ham mukofotni olishga sabab bo’ladi, ammo veb-sahifada aytilishicha afzali o’lgandan keyin berishdir. Agar voqea davomida kuzatuvchilardan biri voqea tufayli vafot etsa, bu nomzod mukofotga noloyiq deb topiladi, chunki kuzatuvchilarning insoniyat geniga ijobiy ta’sir ko’rsatish ehtimoli mavjud. Nomzodning o’lishidan oldin uni farzandi bo’lishi, yani o’zidan avvalroq zurriyat qoldirishi uni mukofotdan mahrum qilmaydi, zero avvalgi zurriyod vaqtida bu darajada ahmoqlik bo’lmagandir.

Darvin mukofoti tarixi 1985-yil boshlariga Usenet guruhining muhokamalariga borib taqaladi. 1985-yil 7-avgustda mukofot insoniyat genini o’z genidan saqlash uchun o’zini o’ldirib juda buyuk qurbonlik qilganlarga berilishi haqida bayon etiladi. Istalgan o’zining ahmoqligi bilan vafot etgan odam ham mukofotga loyiq deb topilavermaydi. Eng birinchi mukofot savdo avtomatiga slogan va qaytarib olish jarayonida uni o’ziga tortib yuborish tufayli vafot etgan odamga berildi. Yana bir mukofotga misol tariqasida o’zining JATO Rocket (Chevrolet Impala) mashinasi orqali reaktiv samalyot tezligiga chiqishga uringan odam bilan bog’liq va u 400–480 km/h tezlik bilan qoyaga urilish tufayli vafot etgan. Uendy Nortkat aytishi bo’yicha veb-sahifa uning o’zi tomonidan yurgaziladi, barcha Darvin mukofoti sovrindorlari esa Darvin tomonidan tasdiqlanadi. Bir qancha xabarlar internet orqali qidirilganda ular asosan yolg’onligi kelib chiqdi.

Veb-sahifa va kitoblar kolleksiyasi 1993-yilda Uendy Nortkat tomonidan boshlangan, u Berkeleydagi Kaliforniya universitetida molekulyar biologiya fani professori bo’lgan. U qo’shni hududlarda tadqiqotlar o’tkazgan va jumladan Stanford universiteti neurobiologiya yo’nalishiga o’qishga kirgan. Bo’sh vaqtlarida, u Darvin sahifasini turli narsalar bilan boyitdi.

1998-yilda u ishni tark etdi va maqsadi 1999-yil sentabrdan kitoblari va veb-sahifasiga vaqt ajratishini aytgan. 2002-yilda veb-sahifa oyiga 7 million foydalanuvchi tomonidan kuzatildi.

U, dastavval, kitobini chop ettirishda qiynaldi, chunki ko’p nashriyotlardan inkor javoblarini oldi, bunga sabab esa o’zaro kelishmaslik hisoblanadi, ya’ni nashriyotlar kitobni chop qildirishdan avval veb-sahifadan voqealarni o’chirib tashlashni aytishda va bunga Nortkat yo’q deydi. Vanihoyat, u kitoblardagi maksimum 10% ma’lumotlarni o’z veb-sahifasida chop etish sharti orqali bir nashriyot bilan shartnoma imzolandi. Birinchi kitob juda mashhurlikka erishdi va u Nyu-York Timesda so’ngi 6 oy mobaynida eng ko’p sotilgan kitoblar qatoriga kirdi.

Nortkatga berilgan barcha fikrlar ham ijobiy emas edi va u ahyon-ahyonda o’lgan odamlardan xatlar olib turdi. Ulardan birida “Bu juda yomon, u barcha tanishlarimni shokka tushirdi. Siz buni olib tashlashingiz kerak”, - deya yozilgan edi. Nortkat esa “Men buni qila olmayman, bu shunchaki ahmoqgarchilik”, - deya javob qaytardi.

Nortkat o’z veb-sahifasida va kitoblarida bu turdagi maqolalarni “qiziq ammo to’g’ri xavsizlik yo’naltiruvchisi” nomi ostida qo’yib bordi va har safar kitobini o’qigan yoshlarga bu kabi voqealardan uzoqroq yurishni uqtirib keldi.

Shuningdek veb-sahifa o’z yo’lida omadsizlikka uchragan ammo farzandlik bo’lish qobiliyati yo’qolmagan odamlarni shon-sharafli xabarlar bilan eslab o’tadi. Bulardan biriga 1982-yil iyulda Kaliforniyaning Long Bich qismida ballonni geliy bilan to’rldirib o’z kursisida ko’tarilishi orqali tanilgan Larry Voltersni misol qilish mumkin. U 16000 fut ya’ni 4900 metr balandlikka ko’tarilgan ammo omon qolgan. Keyinchalik u qo’riqlanuvchi hududni kesib o’tgani oydinlashdi. Keyinchalik, Volters depressiyaga tushib qoldi va o’z-o’zini o’ldirdi. Yana bir sharafli maqola 2001-yilda futbol o’yinchisi Dunkan Fergyusonning uyiga qulf buzib o’girlikka tushmoqchi bo’lgan ikki kishiga berildi. Futbolchining o’ziga duch kelib qolgandan so’ng bir qulf tufayli 3 kun kasalxonaga tushib qolishadi.

2014-yildagi Britaniya Tibbiyot jurnalining maqolasida esa 1995-yildan 2014-yilgacha olinga Darvin Mukofotining 88.7%i erkaklarga berilgani ta’kidlangan.

2006-yilda Darvin mukofoti nomli film Finn Taylor tomonidan yozildi va suratga olindi. Bu film ssenariysi veb-sahifa va Darvin mukofoti bilan bog’liq ko’plab kitoblarga asoslangan edi.

Nortkat Darvin mukofoti uchun 5 ta qoidani berib ketgan.

Nominatsiya a'zolari o'lgan yoxud bepushtligi ko'rsatilgan bo'lishi kerak

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu baxsli vaziyat bo’lishi mumkin lekin mukofotga yaroqli shaxslar insoniyat geniga qo’shila olmasligi kerak. Klonlash haqida bir qancha munozaralar bo’lishi mumkin. Shuning uchun dastlabki Darvin Mukofoti haqidagi kitob bir holatni ta’kidlaydi. Unga ko’ra bir erkak bir ayol bilan asal oyiga chiqsa bu yerda erkak va ayol o’zaro qo’shila olmasligi kerak. Qisqa qilib aytganda odamlar jinsiy a’zolarini ishlata olmaydigan darajaga kelishlari kerak.

Hayratlanarli darajada ahmoqona ishlarni qilgan bo'lishi kerak

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laureatlarning ahmoqgarchiligi takrorlanmas va hammani hayratga soladigan bo’lishi kerak. Chunki mukofot Satira sifatida beriladi. Ahmoqona ishlar ammo doimiy uchraydiganlar bu holatga kiritilmaydi, masalan yotoqxonada tamaki chekish. Yonuvchi malham dorilar qabul qilayotgada chekish natijasida o’zini yoqib yuborish natijasida o’lim topish shartlarni qanoatlantiradi.  Bunga bir xolat sifatida nitroglitserinlar yostiqchasini devorga otib portlatmoqchi bo’lgan odam ham mukofotga sazovor bo’lgan, garchi u o’z-o’zini o’dirish sifatida baholansada.

Kimdirning o'limining sababchisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo’l granatasi bilan do’stini o’ldirib qo’yish bu nominatsiyaga to’g’ri kelmaydi, ammo mo’ri tozalash davomida uy sharoitida tayyorlangan granata tufayli o’lim topish bo’lishi mumkin. Umumiy olganda nominatsiya olish uchun 3-tomon also zarar ko’rmasligi kerak.

Jazoga loyiq odam bo'lishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nominatsiya haydovchilik guvohmnomasi olish yoshidan, ya’ni voyaga yetish yoshidan oshgan bo’lishi kerak va ruhiy holati yaxshi bo’lishi kerak. Nortkat ruhiy kamchilik tufayli o’lim kulishdan ko’proq achinishga mos deb hisoblagan. Bir qancha muhokamalardan so’ng o’lgan odamlarning yoshlari chegarasi bilan belgilab qo’yildi. Bu kategoriyaga kirish uchun shaxs bu yosh atrofida yoxud bu yoshdan oshgan bo’lishga majbur.

Shunga qaramasdan 2011-yilda Lidslik 16 yoshli bola mis kabel o’g’irlash mobaynida vafot etadi, ma’lumot o’rnida Buyuk Britaniyada haydovchilik yoshi 17 yosh hisoblanadi. 2012-yilda Nortkat 14-yoshli Braziliyalik qizaloqning maktab avtobusini to’xtatishga uringanda vafot etganini ta’kidlab o’tadi, ammo keyinchalik bu holat shu yoshdagi bolalarning sehr mavjudligi haqidagi fikrlari tufayli Nortkatning o’zi tomonidan inkor qilindi.

Hodisa tasdiqlangan bo'lishi kerak

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu voqea ishonarli manbalarda, jumladan doimiy gazeta maqolalarida, teleko’rsatuvlarda yoxud mas’ul guvohlar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Agar hikoya aniq emas deb topilsa, u nominatsiyadan olib tashlanadi, lekin u yerda hamon saqlanib turadi. Bu talabning borligiga qaramasdan, ko’plab hikoyalar to’qima, tez-tez original ko’rish uchun taqdim qilinadi va hech qanday tasdiqlanmagan guvohlarga ega bo’ladi. Nortkatning bir qancha shunday hikoyalari uning shaxsiy hisoblar qismida saqlanib turadi.

Rivojlanishdagi qoidalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo’shimcha tariqasida, keyingi ko’rib chiqishlar shuni ko’rsatadiki bu talablar keyinchalik o’zgarishi yoxud qo’shilishi mumkin, jumladan quyidagi qoidalar:

  • Atrofdagi begunoh kuzatuvchilar zara ko’rmasligi kerak.
  • Bu voqealar voqea ishtirokchisi tomonidan oldindan o’ylab topilmagan bo’lishi kerak, ya’ni aynan Darvin mukofotini yutish maqsadida qilinmasligi kerak.

Taniqli mukofot sohiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • JATO Reaktiv mashina haydovchisi
  • Toronto dominion markazi 24-qavatidan yerga qulagan Garry Hoy. U bir qancha talabalarga derazalarning sinmasligini isbotlamoqchi bo’ladi. Uning o’limi o’lish uchun 1000 yo’l nomli telekorsatuvda va MythBusters`da ta’kidlab o’tiladi.
  • Niagara sharsharasi orqali bochkada oqib o’tmoqchi bo’lgan ilk odam Stefan Charles.
  • Larry Volters esa o’zining boshqariladigan stulini uchirish tufayli havoga ko’tarilgani bilan mukofotga sazovor bo’lgan.