Daniel Ortega
Qiyofa
Daniel Saavedra Ortega (1945-yil) — Nikaragua prezidenti (1985—90), Sandinochilar milliy ozodlik fronti (SMOF) Milliy rahbariyati ijroiya komissiyasi koordinatori (1985-yildan). SMOF Milliy rahbariyati aʼzosi (1965-yildan), Milliy uygʻonish hukumati Rahbarlik kengashi koordinatori (1981—1985)[1]. 2021-yilning noyabrida Daniel Ortega Oliy saylov kengashi tomonidan e'lon qilingan birinchi qisman rasmiy natijalarga ko'ra, 75% ovoz bilan to'rtinchi besh yillik muddatga qayta saylandi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |