Kontent qismiga oʻtish

Daniel Bierofka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniel Bierofka
Bierofka 1860 Munich bilan, 2011-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 7-fevral 1979-yil (1979-02-07) (45 yosh)
Tavallud joyi Munich, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985—1993 SpVgg Feldmoching
1993—1994 SpVgg Unterhaching
1994—1997 Bayern Munich
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—2000 Bayern Munich II 47 (2)
2000—2002 1860 Munich 55 (7)
2002—2005 Bayer Leverkusen 78 (11)
2005—2007 VfB Stuttgart 13 (0)
2005—2006 VfB Stuttgart II 6 (0)
2007—2014 1860 Munich 138 (20)
2014—2015 1860 Munich II 0 (0)
Milliy terma jamoa
1999—2001 Germaniya U21 20 (6)
2002 Germaniya 3 (1)
2002—2004 Germaniya Jamoasi 2006 5 (0)
Boshqargan klublari
2015—2016 1860 Munich II
2016 1860 Munich
2016 1860 Munich II
2016 1860 Munich
2016—2017 1860 Munich II
2017—2019 1860 Munich
2020—2021 FC Wacker Innsbruck
2022- SpVgg Unterhaching (U17)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Daniel Bierofka (talaffuzi: Daniyel Bierofka; 1979-yil 7-fevralda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, qanot himoyachisi. Futbolchilik faoliyatida jarohatlar tufayli qiynalgan, bu esa uning Germaniya terma jamoasida koʻproq oʻyin oʻtkazish imkoniyatini cheklab qoʻygan. 2013—2014-yilgi mavsumdan keyin faoliyatini tugatishga majbur boʻldi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bierofka professional faoliyatga „Bayern“ yoshlar tizimi orqali oʻtdi, lekin hech qachon kattalar toifasidagi jamoada oʻynamagan. Keyin 1860 Munichga oʻtdi va jamoada ikki mavsumda 55 oʻyin oʻtkazdi. Bierofka keyin uch yil davomida Bayer Levarkusenga klubida oʻynadi. 2005-yil VfB Stuttgartga oʻtdi. 2006—2007-yilgi mavsumda Bierofka VfB Stuttgart bilan Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2007-yil iyun oyida Bierofka 1860 Munichga qaytib keldi[1].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bierofka Germaniya terma jamoasi safida uchta xalqaro oʻyin oʻtkazgan va bitta gol urgan. Yagona golini 2002-yil 18-mayda oʻrtoqlik uchrashuvida Avstriya darvozasiga kiritgan, yakunda 6:2 hisobida gʻalaba qozonishgan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning may oyida 1860 Munich IIda klubdagi faoliyatini yakunlagandan soʻng sobiq klubining U16 jamoasiga bosh murabbiy boʻldi[2]. 2015-yil 18-fevralda Torsten Fröhling asosiy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangach, 1860 Munich II[3] bosh murabbiyi boʻldi[4]. 2015-yil 14-martda oʻzining debyutida shogirtlari SV Schalding-Heining bilan 0:0 hisobidagi durang oʻynashdi[5]. 2015-yil 21-mart kuni boʻlib oʻtgan Bayern derbisida 1. FC Nürnberg IIga 2-1 hisobida magʻlub boʻldi[5]. Umumiy toʻrtta gʻalaba, uchta durang va beshta magʻlubiyat qayd etdi[5].

2016-yilning 19-aprelida klubning asosiy tarkibni qabul qildi[6]. Bierofka murabbiyligi ostida 1860 Munich dastlabki uchta oʻyinida „Eintracht Braunschweig“, „St-Pauli“ va „Paderborn“ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi. Bundesligada unga faqat uchta oʻyin uchun maxsus ruxsatnoma bilan murabbiylik qilishga ruxsat berilgandi[7]. Ushbu ruxsatnoma muddati tugagach, yana ikkinchi jamoani qabul qilib oldi. Uning oʻrniga FSV Frankfurtga qarshi mavsumning soʻnggi oʻyinida vaqtinchalik bosh murabbiy Denis Bushuev boʻldi[8]. 2016-yil 22-noyabrda yana vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi[9]. 2019-yil 7-noyabrda isteʼfoga chiqdi[10].

Wacker Innsbruck

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning may oyida Bierofka 2020—2021-yilgi mavsumdan boshlab Wacker Innsbruckda bosh murabbiy boʻlishi haqidagi shartnomaga imzo chekdi[11]. 2021-yil 7-oktyabrda klubdagi faoliyatini tugatdi[12].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bierofkaning otasi Wilhelm Bierofka 1860 Munichning sobiq futbolchisi va sobiq bosh murabbiyi.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Bayern Munich II 1997—1998 Regionalliga Süd 1 0 1 0
1998—1999 19 1 19 1
1999—2000 27 1 27 1
Jami 47 2 0 0 0 0 0 0 47 2
1860 Munich 2000—2001 Bundesliga 28 3 3 0 5 0 36 3
2001—2002 27 4 2 0 29 4
Jami 55 7 5 0 5 0 0 0 65 7
Bayer Leverkusen 2002—2003 Bundesliga 30 7 5 2 5 0 2 0 42 9
2003—2004 32 4 3 1 35 5
2004—2005 16 1 0 0 4 0 1 0 21 1
Jami 78 11 8 1 9 0 3 0 98 15
VfB Stuttgart 2005—2006 Bundesliga 1 0 0 0 1 0
2006—2007 12 0 3 1 15 1
Jami 13 0 3 1 0 0 0 0 16 1
VfB Stuttgart II 2005—2006 Regionalliga Süd 6 0 6 0
1860 Munich 2007—2008 2. Bundesliga 32 7 4 0 36 7
2008—2009 11 4 3 1 14 5
2009—2010 0 0 0 0 0 0
2010—2011 25 0 2 0 27 0
2011—2012 31 6 2 0 33 6
2012—2013 30 2 3 1 33 3
2013—2014 9 1 0 0 9 1
Jami 138 20 14 2 0 0 0 0 152 22
1860 Munich II 2014—2015 Regionalliga Bayern 0 0 0 0
Jami faoliyati 337 40 30 4 14 0 3 0 384 44

Xalqaro gollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gol va natijalar roʻyxati Germaniyaning gollari soni birinchi boʻlib, ballar ustuni Bierofka golidan keyin ochkoni koʻrsatadi .
Daniel Bierofka tomonidan kiritilgan gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2002-yil 18-may BayArena, Levarkusen  Avstriya 6-2 6-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi

== Yutuqlari ==; VfB Stuttgart[13]

  1. „Bierofka und Gentner: Transfers vor Abschluss“ (olmoncha). kicker.de (11-iyun 2007-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2007-yil.
  2. Eicher, Matthias. „Daniel Bierofka: Ich leide mit den Löwen“ (olmoncha). Abendzeitung (30-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 13-mart 2015-yil.
  3. „Bierofka übernimmt die kleinen Löwen“ (olmoncha). kicker (18-fevral 2015-yil). Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  4. Niemann, Florence. „Erfrischend klare Worte“ (olmoncha). Süddeutsche Zeitung (18-fevral 2015-yil). Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 „1860 München II“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2-mart 2015-yil.
  6. „"Löwen" beurlauben Möhlmann – Bierofka soll es richten“ (olmoncha). Süddeutsche Zeitung. dpa-Newskanal (19-aprel 2016-yil). 20-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2016-yil.
  7. „1860 München“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2-may 2016-yil.
  8. „Bierofka muss sofort gehen – Bushuev Chef gegen FSV“ (olmoncha). tz (9-may 2016-yil). Qaraldi: 29-may 2016-yil.
  9. „1860 entlässt Runjaic – Bierofka übernimmt“. Qaraldi: 22-noyabr 2016-yil.
  10. „Der TSV 1860 und Daniel Bierofka beenden die Zusammenarbeit“ (olmoncha). tsv1860.de (7-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2019-yil.
  11. „Neues Trainerteam für neue Saison“ (olmoncha). fc-wacker-innsbruck.at. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2020-yil.
  12. „Trainerwechsel beim FC Wacker Innsbruck“ (olmoncha). fc-wacker-innsbruck.at (7-oktabr 2021-yil). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2022-yil.
  13. „D. Bierofka“. Soccerway. Qaraldi: 4-sentabr 2014-yil.