Kontent qismiga oʻtish

Dangasalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dangasalik yoki yalqovlik, tanballik, ishyoqmaslik deb biror ish yoki faoliyatni bajarishga layoqatli va imkoni boʻla turib, oʻsha ish yoki faoliyatni bajarishga istamaslikka aytiladi. Dangasa, yalqov, tanbal, ishyoqmas atamalari kamsituvchi soʻzlardir.

Dangasalik tabiiy holatdir. U tanadagi energiyani tejashga, charchoqdan qutulishga xizmat qiladi.

Hayvonlar yemak va boshpana topgandan keyin deyarli hech nima qilishmaydi. Boshqa hayvonlar bilan muloqot qilish, urishish (agressiya) kabi ijtimoiy ishlarga nisbatan kam vaqt ajratiladi. Kuzatilganki, hayvonlar yemak topishga sarflagan vaqtni agressiyaga ketadigan vaqt bilan qoplab, bekorchilik vaqtini choʻzishga harakat qilishadi.

Dangasalik ketidan jamiyat ilgʻorlagan, deyish mumkin: odamlar oʻz ishlarini va hayotlarini yengillatish maqsadida turli mashina va mexanizmlar ixtiro etishdi va etishmoqda. Biroq ortiqcha yalqovlik iqtisodiy zarar, kamomad, qoloqlik sababi boʻlishi mumkin.