Kontent qismiga oʻtish

Danas Rapšis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Danas Rapšis
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Litva
Tavallud sanasi 1995-yil 21-may
Panevėžis, Litva
Boʻyi 1.86 m
Vazni 80 kg
Sport
Mamlakat Litva
Qaysi sport Suzish
Klubi Panevežis Žemina
Murabbiy(lar)i Ina Šimeliūnaitė-Paipelienė

Danas Rapšis (1995-yil 21-mayda tugʻilgan) – litvalik suzuvchi. Ikki bora olimpiada ishtrokchisi. Erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan chalqancha, fristayl va butterfly usullarida suzish boʻyicha bir necha marta rekord oʻrnatgan. Tayvanda oʻtkazilgan 2017-yilgi yozgi universiadada ikki yoʻnalish boʻyicha chempionlikni qoʻlga kiritgan. Rapšis Panevežis Žemina klubining aʼzosi boʻlib, jamoa murabbiyi Ina Paipelienėdir.

2013-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Danas yevropa yoshlar chempioni boʻlgan. 2013-yilgi yoshlar oʻrtasidagi suzish boʻyicha jahon chempionatida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Rūta Meilutitė, Povilas Strazdas, Eva Gliožerytėlar bilan 4×100 metr aralash estafetada raqobatlashgan. 4×100 metrlik aralash estafetada Danas jamoasi bilan birga 3:55.74 soniya vaqt bilan uchinchi oʻrinni egallagan. Va bu natija orqali final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgan. 4×100 metrlik aralash estafeta bahslari finalida Meilutitė, Rapšis, Strazdas va Gliožeritėlardan iborat jamoa 3:52.52 soniya natija bilan ikkinchi oʻrinni egallab kumush medallarni qoʻlga kiritishgan. 2013-yilgi suv sporti boʻyicha jahon chempionatida Danas 200 metrga chalqancha suzish musobaqasining yarim finaliga yetib borgan[1].

2017-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilgi yozgi universiada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tayvanda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi yozgi universiadada Rapšis toʻrtta bahsda ishtirok etgan: 100 metrga chalqancha suzish, 200 metrga fristayl, 200 metrga chalqancha suzish va 4×100 metrga aralash estafeta.

100 metrga chalqancha suzish musobaqalarida oʻz debyutini Rapšis 54:17 soniyali natija orqali bronza medalini qoʻlga kiritish bilan boshlagan. Danasni kumush medaldan 0.05 soniya farq bilan yaponiyalik Kosuke Hagino ajratib qolgan[2]. Rapšis 200 metrga fristayl usulida suzish musobaqasining final bosqichida 1:45.75 soniyalik natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan va Litva milliy rekordini oʻrnatgan[3]. Danas 200 metrga chalqancha suzish boʻyicha final bahslarida ham qatnashgan va ballashuv oʻrtasiga kelib 7-oʻrinni egallab turgandi, lekin u kurashishdan toʻxtamadi, shu jumladan, oxirgi 50 metrni 28.87 soniyada bosib oʻtdi va oltin medal uchun katta qadam tashlab 1:56.52 soniyalik natija bilan chempionlikni nishonlagan[4].