Kontent qismiga oʻtish

Dalmatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dalmatsiya — Xorvatiyadagi tarixiy viloyat, qad aholisi — dalmatlar (nomi shundan) va b. 6—7-asrlarda slavyanlar kelib oʻrnashgan. 9-asrda Xorvat davlati, 12-asr boshlarida Vengriya tarkibiga kirgan. 12—15-asrlar boshida oʻrta asr shahar kommunalari (Zadar, Split, Dubrovnik, Kotor va b.) gullab yashnagan. 1420—1797-yillarda D. (Dubrovnikdan boshqa) Venetsiya qoʻl ostida boʻlgan (16-asrda D.ning ichki viloyatlari Turkiya tasarrufiga oʻtgan), 1797—1918-yillarda Avstriya tarkibida (1805—13-yillarda Fransiya qoʻl ostida, 1809—13-yillarda Illiriya provinsiyalari tarkibida). 1918-yildan D. (Zadar va Italiya tomonidan egʻallangan baʼzi orollardan tashkari) Serblar, Xorvatlar va Slovenlar kirolligi (1929-yildan Yugoslaviya) tarkibida. 1941-yil fashist bosqinchilari tomonidan tashkil qilingan qoʻgʻirchoq "Mustaqil Xorvatiya davlati" tarkibiga kiritilgan. 1945-yildan D. Chernogoriya (jan. qismi) va Xorvatiya tarkibida.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil