Kontent qismiga oʻtish

Dalaylama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dalaylama [moʻgʻulcha dalay — soʻngsiz (donolik) va lama] — Tibetdagi lamaizm ruhoniylari boshligʻining unvoni. 1391-yilda joriy etilgan. Birinchi D.-l., rivoyatga koʻra, 1351-yilda tugʻilgan. Lamaizmda Dalaylama-l. tirik xudo sifatida dindorlar orasida katta eʼtiborga ega. U oʻlganda oliy lamalardan tuzilgan maxsus komissiya yangi tugʻilgan tibetlik chaqalokdar orasidan D.-l.ning ilohiy mohiyati mujassam boʻlgan goʻdakni qidirib topadi. U monastirga joylanib, maxsus tarbiyalanadi. hozirgi— 14-Dalaylama Lamaizmda Ten-zin Gyatso.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil