Kontent qismiga oʻtish

Dala ihota oʻrmonzorlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dala ihota oʻrmonzorlari - ekinzor, dalalar chegaralari boʻylab barpo qilinadigan daraxtzorlar, ihota daraxtlarincht bir turi. D.i.oʻ. yer usti suv oqimini toʻsib, tuproqni eroziyadan saqlaydi, uning suv, harorat va oziq rejimlarini yaxshilaydi, shamol tezligini pasaytiradi, dalalarda qorni uzoq muddat saqlab qolib, tuproq unumdorligini oshiradi, qurgʻoqchilik va quruq shamollar taʼsirini kamaytirib, ekin maydonlarining iqlimiy va gidrologik sharoitlarini yaxshilaydi, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini oshiradi. D.i.oʻ. nazariy asoslari va tashkiliy shakllari va b. bilan agrooʻrmon melioratsiyasi shugullanadi.

Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan yerlarida birinchi D.i.oʻ. 30-yillarda barpo qilindi. Mirzachoʻl va Markaziy Fargʻona yerlarida 1957-yildan reja asosida ihota daraxtlari ekila boshlandi. 1990-yilga kelib OʻzRda D.i.oʻ. 40 ming ga dan ortiq maydonni tashkil etdi.

D.i.oʻ. asosiy va yordamchi turlarga boʻlinadi. Asosiy D.i.oʻ. shamol eng koʻp esadigan yoʻnalishga perpendikulyar holatda, yordamchilari esa asosiy mintakaga perpendikulyar holatda joylashtiriladi. Oʻrmon mintaqalarining meliorativ taʼsiri ularning shakli va tuzilishi (konstruksiyasi)ga bogʻliq boʻladi. Konstruksiyasi boʻyicha D.i.oʻ. 3 asosiy turga boʻlinadi; shamol oʻtkazmaydigan (zich) konstruksiyali ihotazor (osti va usti bir xil zich, shamolni deyarli oʻtkazmaydigan murakkab koʻp yarusli daraxtzor); panjarasimon oʻrmon ihotazorlari (butun vertikal profili boʻylab siyrak oraliklar bilan bir tekis boʻlingan 2 va 3 yarusli daraxtzorlar; shamol oqimi daraxtzor orasidan oʻta oladi); qisman shamol oʻtkazuvchi ihotazorlar (yuqori qismida shox-shabbalar zich, pastki qismi esa daraxt tanalari oʻrtasida oraliqlar mavjud boʻlib, bal. 2,5— 3,5 m). D.i.oʻ. parametrlari muayyan maydonning shamol harakati koʻrsatkichlariga qarab belgilanadi. Masalan, Oʻzbekiston 3 oʻrmon melioratsiyasi rayoniga boʻlinadi; shamol harakati kuchli (shamolning takrorlanishi yiliga 60 kungacha, tezligi 15 m/s dan ortiq; maksimal tezligi 30 m/s va undan ham yuqori); oʻrtacha (kuchli shamolning takrorlanishi yiliga 10—15 kun; maksimal tezligi 25 m/s); kuchsiz (tezligi 15 m/s dan oshiq boʻlgan shamol, yiliga 3—7 marta) hududlar.

Birinchi guruhga mansub hududda butun profilning 25—35% miqdorida shamol oʻtkazuvchi panjarasimon ihotazor, ikkinchi guruh hududlarda 40—50% miqdorida shamol oʻtkazuvchi panjarasimon ihotazor, uchinchi guruh hududlarda esa qisman shamol oʻtkazuvchi ihotazorlar samaralidir. Lalmikor yerlarda bu koʻrsatkichlar tegishlicha: 4555%, 50-60%, 70-75%. Dalalarni kuchli shamollardan oʻrmon ihotazorlari yaxshi muhofaza qiladi. Kuchli shamol esadigan, sugʻoriladigan hududlarda asosiy ihotazorlardagi daraxt qatorlari soni 3—4, oʻrtacha shamol zonasida 3, kuchsiz shamolli hududlarda 2 ta boʻlishi maqsadga muvofiq. Yordamchi ihotazorlar esa 2 qatordan iborat boʻladi (lalmikor yerlarda zonalarga muvofiq holda 5— 6, 4—5, 4 qatordan iborat boʻladi). Kuchli shamol zonasidagi sugʻoriladigan yerlarda asosiy ihotazorlar oʻrtasidagi masofa 250–350 m, oʻrtacha zonada 300–400 m, kuchsiz shamollilarda esa 400–500 m; yordamchi ihotazorlar oraligʻi 800–1000 m.

Sugʻoriladigan yerlarda D.i.oʻ. tez oʻsadigan va xoʻjalikka foydali boʻlgan daraxt turlaridan barpo qilinadi (eman, chinor, Bolle teragi, qora terak, oq akatsiya, qoratol, zarang, shumtol, tut va sh.k.), shoʻr tuproqlarda tuzga chidamli daraxtlar ekish tavsiya qilinadi (qayragʻoch, shumtol, oq akatsiya, Bolle teragi, tut, aylant — sassiq daraxt, naʼmatak va b.). Daraxtlar hudud sharoitini hisobga olib ishlab chiqilgan maxsus usullarda parvarish qilinadi. D.i.oʻ. ekinlarning hosilini oshirishga imkon beradi. D.i.oʻ. himoyasidagi dalalar hosildorlik • himoyalanmagan yerlardagiga Karaganda 8—10 s/ga yuqori boʻladi. D.i.oʻ. kuzda yoki bahorda chuqur haydalgan tuproqda barpo etiladi. Parvarishlashning agrotexnik (tuproqni yumshatish, begona va yovvoyi oʻtlardan tozalash, kasallik va hasharotlarga qarshi kurash) va oʻrmonchilik (qurigan va kasallangan shox-shabbalarni qirqish ildiz bachkilarini olib tashlash va b.) usullari qoʻllanadi.

Abdushukur Xonazarov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil