Kontent qismiga oʻtish

Dahbedi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dahbedi — qovunning ertapishar navi. Shakli tuxumsimon, dum tomoni toʻmtoq, uz. 15—25 sm, ogʻirligi 1,7—3 kg. Sirti tekis, sertoʻr. Tusi och yashil. Poʻstining qalinligi oʻrtacha. Etining qalinligi 3,5—4,5 sm, och yashil, kuvrak, xushxoʻr, tarkibida 8—10,5% qand, shu jumladan 5,4—6,7% saharoza bor. Urugʻxonasining yarmini urugʻdonlar egallaydi. Urugʻi ekilganidan keyin 70—75 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ga. Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ekiladi. D.dan qovun-qoki ham solinadi (qarang Qovun).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil