Kontent qismiga oʻtish

Daʼvo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daʼvo (huquqda) — buzilgan huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan man-faatlarini himoya qilish uchun hakamlar sudiga, arbitrajga yoki sudga qilinadigan murojaat. Daʼvo 3 elementdan — asos, mavzu va mazmundan iborat. Daʼvogarning talabi Daʼvo mavzuidir. Daʼvo bilan jarayon boshlanadi, taraflar (daʼvogar, javobgar) sud oldida oʻzlarining talab va eʼtirozlarini bayon qiladilar. Daʼvo arizasi sud yoki arbitrajga yozma tarzda beriladi, unda ariza berilayotgan sud yoki arbitrajning, daʼvogar va javobgarning nomi, yashash joyi, agar daʼvogar yuridik shaxs (tashkilot) boʻlsa, joylashgan joyi, agar ariza vakil tomonidan berilsa, vakilning nomi va manzili, daʼvogar talabini asoslaydigan hamda tasdiqlaydigan dalillar, daʼvogarning talabi, arizaga ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati koʻrsatilishi kerak.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil