Copa de la Liga
Ispaniya ligasi kubogi | |
Davlat | Ispaniya |
---|---|
Asos solingan sana | 1982-yil |
Tugatilgan sana | 1986-yil |
Amaldagi chempion | Barselona |
Eng koʻp yutgan | Barselona (2) |
Futbol boʻyicha Ispaniya ligasi kubogi (ispancha: Copa de la Liga) – Ispaniyada 1983-1986 yillarda Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan kelingan futbol turniridir. Avvaliga liga kubogini faqat Primera doirasida oʻtkazish rejalashtirilgandi, biroq keyin musobaqani boshqa ligalarda, Segunda, Segunda B, Terseralarda ham oʻtkazishga qaror qilindi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ispaniya ligasi kubogi tashabbuschisi Barselona jamoasi prezidenti Xosep Luis Nunyes hisoblanadi. Musobaqa qoʻshimcha daromad va teletomoshabinlarni koʻproq jalb etish maqsadida tashkillashtirilgan edi. Ammo 1986-yilda jamoalar vaqt yetmayotganligi va oʻyinlar koʻpligi uchun turnirni bekor qilishga kelishib olishdi.
Toʻrt mavsum mobaynida jami uchta jamoa kubok gʻolibi boʻlishga erishdi: ikki marta Barselona (1982/1983 va 1985/1986) va bittadan Real Madrid (1985) va Real Valyadolid (1984).
Format
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liga kubogi musobaqasi Olimpiyacha tizimda ikkita oʻyin oʻtkazildi: uyda va mehmonda. Final ham ikkita oʻyindan iborat boʻlgan. Gʻolib jamoa ikki oʻyin natijasiga koʻra aniqlangan. Ikkita oʻyinda ham gʻolib aniqlanmasa, qoʻshimcha vaqtlar berilgan, undan soʻng, penaltilar seriyasi oʻtkazilgan.
Barcha finallar (ikki oʻyin)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Gʻolib | Finalchi | Final natijalari |
---|---|---|---|
1983 | Barselona | Real Madrid | 2-2, 2-1 |
1984 | Real Valyadolid | Atletiko Madrid | 0-0, 3-0 |
1985 | Real Madrid | Atletiko Madrid | 2-3, 2-0 |
1986 | Barselona | Real Betis | 0-1, 2-0 |