Kontent qismiga oʻtish

Colchicum autumnale

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Colchicum autumnale
Ilmiy tasniflash
Oʻsimliklar
Yuksak oʻsimliklar
Gulli oʻsimliklar
Bir urugʻpallalilar
Liliales
Colchicaceae
Colchicum
C. autumnale
Binar nomi
Colchicum autumnale

Sinonimlar
Synonyms list
    • Colchicum commune Neck.
    • Bulbocodium antumnale (L.) Lapeyr.
    • Colchicum vernale Hoffm.
    • Colchicum vernum (Reichard) Georgi
    • Colchicum polyanthon Ker Gawl.
    • Colchicum praecox Spenn.
    • Colchicum crociflorum Sims
    • Colchicum orientale Friv. ex Kunth
    • Colchicum autumnale var. viridiflorum Opiz
    • Colchicum pannonicum Griseb. & Schenk
    • Colchicum transsilvanicum Schur
    • Colchicum turcicum subsp. pannonicum (Griseb. & Schenk) Nyman
    • Colchicum bulgaricum Velen.
    • Colchicum borisii Stef.
    • Colchicum vranjanum Adamovic ex Stef.
    • Colchicum doerfleri var. orientale Kitanov
    • Colchicum drenowskii Degen & Rech.f. ex Kitan.
    • Colchicum rhodopaeum Kov.

Colchicum autumnale, odatda kuzgi zaʼfaron, oʻtloq zaʼfaroni,[2] yoki yalangʻoch xonim sifatida tanilgan, haqiqiy zaʼfaronga oʻxshab ketadigan zaharli kuzda gullaydigan oʻsimlik. Lekin haqiqiy zaʼfarondan farqli oʻlaroq bu oʻsimlik Colchicaceae oʻsimlik oilasiga kiradi. „Yalangʻoch xonimlar“ nomi barglardan avval gullar payda boʻlgani sababli berilgan[3]. „Oʻtloq zaʼfaroni“, „kuzgi zaʼfaron“ ummumiy nomlariga qaramay, bu oʻsimlik zaʼfaronga aloqador emas.

Tur zaharliligiga qaramay, moʻtadil iqlim mintaqalarida manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. „Nancy Lindsay“ navi Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining Bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻldi[4][5].

Bu oʻsimlik koʻp yilik boʻlib barglarining uzunligi 25 cm (10 in) ga yetadi. Gullari yolgʻiz, uzunligi 4–7 cm (2–3 in)[6].

C. autumnale oʻz oilasining yagona turi boʻlib, Buyuk Britaniya va Irlandiyadan kelib chiqqan[7][8]. U Portugaliyadan Ukrainagacha b Yevropa boʻylab ham uchraydi va Shvetsiya, Yevropa Rossiyasi va Yangi Zelandiyada tabiiylashtirilgan[9].

Farmatsevtikadan foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

C. autumnale ning piyozchaga oʻxshash kurtaklari tor terapevtik indeksga ega boʻlgan kolxitsinni oʻz ichiga oladi. Kolxitsin koʻplab mamlakatlarda podagra va Oʻrta yer dengizi isitmasini davolashi tasdiqlangan, ammo past terapevtik indeksga ega. Kolxitsin oʻsimlikchilikda poliploid shtammlarni ishlab chiqarish uchun ham qoʻllanadi.

Colchicum oʻsimliklari tarkibidagi kolxitsin tufayli zaharli hisoblanadi[10]. Kolxitsin bilan zaharlanish belgilari mishyaknikiga oʻxshaydi va antidot maʼlum emas.

Bu oʻsimlik (va kolxisinning oʻzi) mushuklar uchun alohida xavf tugʻdiradi. Oʻtloq zaʼfaronining barglari va mevalari eng yuqori darajadagi toksinlarni oʻz ichiga oladi. Lekin oʻsimlikning barcha qismlari zaharli hisoblanadi[11].

  1. Linnaeus, Carl von. 1753. Species Plantarum 1: 341, Colchicum autumnale
  2. A R Clapham, T G Tutin and E F Warburg, Flora of the British Isles, second edition, 1962, p 982
  3. Gajic. 1977. Glasnik prirodnaučkog museja u Beogradu, Serija B, Bioloake nauke Nauke 32: 8. Colchicum autumnale
  4. „RHS Plantfinder - Colchicum autumnale 'Nancy Lindsay'“. Qaraldi: 12-yanvar 2018-yil.
  5. „AGM Plants - Ornamental“. Royal Horticultural Society (2017-yil iyul). Qaraldi: 24-yanvar 2018-yil.
  6. Blamey, M.. Wild flowers of Britain and Ireland: The Complete Guide to the British and Irish Flora.. London: A & C Black, 2003. ISBN 978-1408179505. 
  7. Clive Stace, New Flora of the British Isles 3rd edition 1991, p 855
  8. Parnell, J. and Curtis, T. 2012. Webb’s An Irish Flora. Cork University Press. ISBN 978-185918-4783
  9. „Kew World Checklist of Selected Plant Families, Colchicum autumnale. 2016-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  10. „Podlesek usoden za dve osebi“. 24ur.com (6-aprel 2018-yil). Qaraldi: 6-aprel 2018-yil.
  11. „Meadow Saffron Poisoning in Cats“. wagwalking.com. Qaraldi: 24-aprel 2018-yil.