Clyde Beatty
Clyde Beatty | |
---|---|
Tavalludi |
10-iyun 1903-yil |
Vafoti |
19-iyul 1965-yil (62 yoshda) Ventura, California, U.S. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1921–1965 |
Turmush oʻrtogʻi |
Earnestine Pegg (turm. 1926; ajr. 1932) Harriett Evans (turm. 1933; vaf. 1950) Jane Abel (turm. 1951) |
Bolalari | 3 |
Clyde Betty (1903-yil 10-iyun – 1965-yil 19-iyul) mashhur hayvon oʻrgatuvchisi, hayvonot bogʻi egasi va sirk magnatidir. U 1921-yilda Howeʼs Great London Circus sirkiga qafas qoʻriqchisi sifatida ishga kirgan va keyingi qirq yil davomida dunyodagi eng mashhur sirk ijrochilari va hayvon oʻrgatuvchilardan biri sifatida shuhrat qozongan. Karyerasi davomida sirk impresariosi bir nechta sirklarga, jumladan, 1945-yildan 1956-yilgacha oʻzining Clyde Beatty sirkiga egalik qilgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Clyde Raymond Beatty 1903-yil 10-iyunda Ogayo shtatining Ross okrugidagi Beynbrij shahrida toʻqqiz farzandning eng kattasi boʻlib tugʻilgan. U shu hududda joylashgan Chillicothe oʻrta maktabini tugatgan, ammo oʻsha paytdayoq sirk dunyosiga qiziqib ketgan. 1921-yil 16-avgustda tong saharda u Howard Smith bilan DT&I Railroad poyezdi vagoniga chiqib, Washington Court House (Ogayo shtati) tomon yoʻl oldi va Howeʼs Great London Circus va Van Amburgh's Wild Animal Circus sirk jamoalariga ishga kirdi. Uning birinchi va, albatta, obroʻli xoʻjayini yovvoyi hayvonlarni oʻrgatuvchi afsonaviy Louis Roth edi. Keyinchalik u yana bir ajoyib murabbiy Jon „Chubby“ Guilfoyle qoʻl ostida ish oʻrgandi. 1923-yilga kelib Clyde poʻlat arenada 42 ta uzluksiz tomoshalar mavsumni boshlash uchun katta mushuklardan tuzilgan bir nechta kichik guruhdagi jonzotlar bilan mashq qildi[1].
Beatty oʻzining „jangovar harakati“ bilan mashhur boʻlib, bunda u qamchi va toʻpponchani kamariga bogʻlab, yovvoyi hayvonlar qamalgan qafasga kirgan. Bu harakat uning jasorati va yovvoyi hayvonlar bilan ishlashdagi mahoratini koʻrsatib berish uchun moʻljallangan. Beatty oʻz faoliyati davomida begemotlar, oq ayiqlar, qoʻngʻir ayiqlar, sherlar, yoʻlbarslar, pumalar va gienalarni qoʻlga oʻrgatgan ; baʼzi hollarda bu jarayonlar oʻlim xavfi ostida oʻtgan. Aralash jinslardagi 43 ta sher va yoʻlbarslar bilan koʻrsatgan tomoshasi uni shon-shuhrat choʻqqisiga olib chiqqan boʻlib, bu tomosha bilan Beatty jahon rekorsini oʻrnatgan va bu rekord hanuzgacha yangilanmagan[2]. Beatty 35 vagonli sirk poyezdida oʻzining shaxsiy temir yoʻl vagoniga ham egalik qilgan[3].
Yosh Clydening oʻziga boʻlgan ishonchi va shiddatli tomoshalari uni qisqa muddatda sirk olamida shon-shuhratga erishishiga sabab boʻldi. Atigi oʻn yil ichida Clyde Beatty nomi Big Top ostida koʻrilgan eng yaxshi va eng hayajonli yovvoyi hayvonlar tomoshasi bilan birga eslanadigan boʻldi. Beatty tomosha vaqtida stuldan foydalangan ilk sher oʻrgatuvchisi boʻlgan, degan taxminlar mavjud[4], lekin oʻzining avtobiografik kitobida u “Bu men qafas qoʻriqchisi boʻlib ishlashimdan ancha avval qoʻllangan usul" deya buni rad etgan[5].
Beattyning shuhrati shu darajada ediki, u 1930-yillardan 1950-yillargacha filmlarda va 1960-yillargacha esa televidenieda suratga tushdi[6]. U, shuningdek, 1950-yildan 1952-yilgacha oʻzining "The Clyde Beatty Show" sindikatlangan radio seriyasining yulduzi boʻlgan[7]. Haftalik dasturlarda uning mardonavor harakatlari aks etgan sarguzashtlar namoyish etilgan. Bular, shubhasiz, hayotiy sarguzashtlar emas edi. Bu dasturlarda shunchaki Beattyning nomi mavjud edi; Vik Perrin (radio tinglovchilarga shaxsi maʼlum boʻlmagan aktyor) shouda uning rolini oʻynagan.
Beatty oʻzining „jangovar harakati“ bilan bir avloddan koʻproq vaqt davomida sher oʻrgatuvchilar orasida oʻz usuli bilan jaralib turdi. Bir gal unga Nero laqabli sher tashlangan va hujum natijasida Beatty oʻn hafta davomida kasalxonada boʻlgan. Biroq, u qoʻrquvga tushmadi va 1933-yilda "Katta qafas " filmining suratga olish jarayonida yana bir bor Neroning qasafiga kirdi.
Shon-shuhrat choʻqqisida Beattyning Aleks Gard tomonidan chizilgan karikaturasi Nyu-Yorkdagi Sardi restoranida namoyish etilgan va hozirda Nyu-York jamoat kutubxonasidagi Billy Rose teatri kolleksiyasining bir qismi sifatida saqlanmoqda.
1957-yilda Beatty Ed Sullivan Show da oʻz rolini ijro etdi; u mashq paytida sahna juda kichik va xavfli ekanligidan shikoyat qilgan, ammo Sullivan uni baribir rolni ijro etishga koʻndirgan. Tomosha paytida Beatty nazoratni yoʻqotib qoʻydi. Zaldagilar jonli tomosha barbod boʻlganini sezib qolmasliklari uchun, Sullivan boshqa taniqli ishtirokchilarni tanishtirish uchun tomoshabinlar orasiga kirdi. Yaxshiyamki, Beatty boʻsh patronlarni otib, oʻziga ham, sherlarga ham shikast yetkazmasdan sherlarni boʻysundira oldi. Ushbu ijroning klipi Sullivan shousining eng yaxshi DVD disk toʻplamiga kiritilgan[8].
Beatty1933-yil 16-sentyabrda akrobat Harriett Evans (uning ismi koʻpincha “Harriet” deb yoziladi) bilan turmush qurdi[5]. Nikoh ayol 1950-yilda Missisipi shtatining Kosciusko shahrida yurak xastaligidan vafot etguniga qadar davom etdi[9]. Ularning birlashuvi jamoaviy ruhga asoslangandek koʻrinadi. Chunki, turmushlarining ikkinchi yilidayoq Harriet Beattydan unga ham hayvonlar bilan mashq qilishni oʻrgatishini soʻray boshlagan. Bu oʻsha davr ayollari uchun juda gʻayrioddiy holat edi. 1935-yilda Beatty unga aktyorlik qilishga ruxsat berdi. Harriet bu ishni yaxshi uddaladi va jamoatchilik hamda matbuotda mashhurlikka erishdi[5]. Qizi Albina (1931-yilda tugʻilgan) oʻgay otasi va onasidan hayvonlarni oʻrgatish koʻnikmalarini oʻrganib, sher oʻrgatuvchi sifatida ularning izidan bordi. Uning soʻzlariga koʻra, Beattyning unga bergan eng yaxshi ustozlik sovgʻasi uning hayvonlarga nisbatan instinktlarini va ularni qanday boshqarishni tushunish koʻnikmalari boʻlgan.
Beatty 1965-yilda 63 yoshida Kaliforniyaning Ventura shahrida saraton kasalligidan vafot etdi va Los-Anjelesdagi Forest Lawn-Hollywood Hills qabristoniga dafn qilindi.
Clydening Ogayo shtatidagi ona shahri Beynbrijda sirk magnatining hayoti va faoliyat davrini sharaflovchi muzey ochilgan.
Nikohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Beatrice Ernestine Pegg - 1926-yil 26-yanvarda turmush qurishgan. 1932-yil 1-noyabrda ajrashgan. Umumiy farzandlari bitta: Joyce Beatty Ferguson
- Harriett Evans - 1933-yil 13-sentyabrda turmush qurishgan. Harriett 1950-yil 15-oktyabrda yurak xastaligidan vafot etdi. Umumiy farzandlari 1 asrab olingan bola: Albina Diana Davila Beatty
- Jeyn Lorreyn Abel - 1951-yil 31-iyulda turmush qurishgan. Clyde 1965-yil 19-iyulda qiziloʻngach saratonidan vafot etdi. Umumiy farzandlari: Junior Clyde Beatty.
Sirkdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1921-yil Howeʼs Great London Circus, 16-avgustda ish boshlagan, Washington Court House, Ogayo shtati
- 1922-yil Gollmar Bros (yuqoridagi koʻrsatuv) Beatty 1923-yil Jon Robinsonning qishki koʻrgazmasida qatnashish uchun Indiana shtatining Peru shahriga ketayotganda Hagenbeck-Wallace poyezdida olib ketishgan
- 1922-yil Gollmar shousi - koʻpincha „100 yillik“ deb nomlanadi
- 1924-yil John Robinson sirki
- 1925—1934-yillar Hagenbeck-Wallace (baʼzan Hagenbeck-Wallace deb ataladi)
- 1931—1934-yillar Ringling Bros va Barnum & Bailey bilan Madison Square Garden va Boston Gardenda oʻynagan, soʻngra har yili yoʻl sayohatlari uchun Hagenbeck-Wallacega qaytib kelgan.
- 1935—1938-yillar Cole Bros (baʼzan Cole Bros-Clyde Beatty deb ataladi, 1938-yil 15-avgustda yopilgan)
- 1938-yil Robbins Bros Beatty, Beatty 15-avgustda mavsumning qolgan qismiga qoʻshildi
- 1939-yil Million Dollar Pier, Atlantic City
- 1940-yil Hamid-Morton - Bu shou chodirlar ostida qoʻyilgan.
- 1941-1942yillar Johnny J. Jones Shows (temir yoʻl karnavali)
- 1944-yil Clyde Beatty-Russell Bros (aslida Russell Bros shousi), Beattyga nomi va tomoshasi uchun pul toʻlangan
- 1945-yil Clyde Beatty Circus, baʼzan Clyde Beatty All New Trained Wild Animal Circus deb ataladi (Wallacy Bros asos solgan, Beatty egalik qilgan)
- 1946-yil Clyde Beatty Circus (sobiq Russell Bros-Pan Pacific Circus relsdagi sirki), Art Concello, asosiy egasi, Beatty uni 1946-yilgi mavsumdan keyin sotib oldi.
- 1947-1956 Clyde Beatty Circus (1955—1955-yil oʻrtalarida Concello uning hamkori boʻldi)
- 1956-yil 9-may boshida Clyde Beatty Circus; yangi egalari tomonidan 30-avgustda qayta ochilgan
- 1957—1958-yillar Clyde Beatty Circus, yangi egalari, yuk mashinalarida
- 1959—1965-yillar Clyde Beatty-Cole Bros Circus, yuk mashinalarida
- 1964-yil Beatty saraton kasalligi sababli 18-iyuldan 30-oktyabrgacha davolanishda boʻlgan
- 1965-yil 10-mayda Beatty shoudan ketdi va hech qachon qaytmadi
- Turli sanalar: Beatty, shuningdek, George Hamid, Orrin Davenport va boshqalarning Shrine, Grotto va shu kabi koʻplab jamoalarida chiqish qilgan..
Bibliografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1933 The Big Cage (co-author Edward Anthony)
- 1941 Jungle Performers (co-author Earl Wilson)
- 1965 Facing The Big Cats: My World of Lions and Tigers (co-author Edward Anthony)
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Clyde Beatty“. IMDb. Qaraldi: 24-may 2020-yil.
- ↑ Records, Guinness World. Guinness World Records 2015 (inglizcha). Guinness World Records, 16-sentabr 2014-yil. ISBN 978-1-908843-82-1.
- ↑ Atwell, Harry A. Cole Bros. Circus, 1935 photo. via World Digital Library. Dec. 14, 2012.
- ↑ Feldman, David. How Does Aspirin Find a Headache?. HarperCollins, 1993. ISBN 0-06-016923-0.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Beatty, Clyde; Wilson, Earl (1946). Jungle Performers. Robert Hale.
- ↑ „Clyde Beatty“. IMDb. Qaraldi: 24-may 2020-yil.
- ↑ „Clyde Beatty Show.. episodic log“. otrsite.com. Qaraldi: 24-may 2020-yil.
- ↑ „The Very Best of the Ed Sullivan Show 1 Part 2 (1991) [Hosted by Burt Reynolds - video dailymotion“] (inglizcha). Dailymotion (2019-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 24-may 2020-yil.
- ↑ „Website moved to avistaz.to.“. 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2012-yil.