Claudio Monteverdi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Claudio Monteverdi | |
---|---|
Tavalludi | 15-may 1567 |
Vafoti | 29-noyabr 1643 |
Fuqaroligi | Republic of Venice |
Claudio Giovanni Antonio Monteverdi (talaffuzi: Klaudio Jovanni Antonio Monteverdi; taxminan 1567.15.5, Kremona — 1643.29.11, Venetsiya) — italyan kompozitori. Opera janrining ilk klassik namunalarini yaratgan, birinchi ommaviy opera teatri (1637, Venetsiya) tashkilotchilaridan. Mantuya va Venetsiya shaharlarida xonanda, sozanda, kapella boshligʻi sifatida xizmat qilgan. Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ijodiy safarlarda boʻlgan. Asosan, polifoniya uslubida vokal va xor asarlarini ijod qilib, madrigal janri ustasi sifatida shuhrat qozongan. 1587—1638-yillarda nashr ettirgan madrigallarining 8 ta toʻplamida yangi, "hayajonli" musiqiydramatik uslubni yaratgan. Unda nutkdosh ohanglarning ifodaviyligi, ariyalarning kuychanligi, ansambl shakllarining rivojlanganligi, orkestr joʻrligining boyligi oʻzaro qorishib ketgan. "Orfey" (1607), "Poppeyagatoj kiygizish" (1642) operalari mashhur.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |