Claude Debussy
Claude Debussy | |
---|---|
Tavalludi | 22-avgust 1862[1] |
Vafoti | 25-mart 1918[1][2] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Otasi | Manuel Debussy |
Achille-Claude Debussy (talaffuzi: Ashil-Klod Debyussi; 1862.22.8, Sen-Jermen-an-Le, Parij yaqinida — 1918.25.3, Parij) — fransuz kompozitori, pianinochi, dirijyor. Musiqiy impressionizm asoschisi. Parij konservatoriyasida taʼlim olib (1872—84) yurgan paytlarida Rim mukofotiga sazovor boʻlgan. 1885—86 y.lari Rimda, 1887 y.dan Parijda yashagan. Pianinochi va dirijyor sifatida bir nechta mamlakatlarda konsert bergan. Impressionizm va Sharq musiqasi taʼsirida shakllangan uslubi musiqiy-tasviriy vositalarning yorqinligi va nafisligi, garmoniya va cholgʻulashtirish usullari yangiligi, kuylari nozik va goʻzalligi bilan ajralib turadi. "Pelleas va Melizanda" (M. Me-terlink dramasi asosida, 1902) operasi, "Oʻyinlar" (1912), "Kamma" (1912), "Oʻyinchoqlar qutisi" (1913) baletlari, simfonik orkestr uchun "Favnning tushdan keyingi dam olishiga prelyudiya" (S. Mallarme asari asosida, 1894), "Noktyurnlar" turkumi (1899), "Dengiz" (1905), "Iberiya" syuitasi (1908), kantatalar, 50 dan ziyod romanslar, qator cholgʻu (shu jumladan, fortepiano uchun mukammmal turkum) asarlar muallifi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |