Kontent qismiga oʻtish

Clarice Assad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Clarice Assad
Tavalludi Clarice Vasconcelos da Cunha Assad Simão
9-fevral 1978-yil (1978-02-09) (46 yosh)
Brazilyaning Reode Janeiro shahri
Janrlar jazz, pop, classic musiqa
Kasbi kompozitor, qoʻshiqchi
Leybllar Adventure Music, Cedille
Fuqaroligi Braziliya
Veb-sayt clariceassad.com

'Clarice Assad (1978-yil 9-fevral) – Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida tug'ilgan, Amerikada ijod qilgan bastakor, pianinochi, aranjirovkachi, qoʻshiqchi va oʻqituvchi. U mashhur Braziliya madaniyati, romantizm, jahon musiqasi va jazz taʼsirida ijodga kirib kelgan. U otasi gitarachi Serxio Assad, amakisi gitarachi Odair Asad va qoʻshiqchi xolasi, Badi Asad boʻlgan musiqiy oiladan chiqqan. Asad yetti yoshidan buyon musiqalarni professional tarzda ijro etgan. U Chikagodagi Ruzvelt universitetining musiqa boʻyicha bakalavr darajasi diplomini va Michigan universitetining kompozitsiya boʻyicha magistr darajasi diplomini olgan va u yerda Maykl Daugherty bilan kompozitsiyani oʻrgangan[1]. U 2009-yilgi Lotin Grammy [2] va 2022-yilgi Grammy nomzodi boʻlgan[3].

Braziliyadagi Rio-de-Janeyro shahrining gʻarbiy qismidagi Campo Grande shahrida tugʻilgan. Asadga musiqachi Serxio Asad va maktab oʻqituvchisi Seliya Mariya Vaskonselosda Kunyaning birinchi qizi boʻlganligi uchun oʻz farzandlariga marhum ukrainalik yozuvchi qiz Klaris Lispektor sharafiga ism qoʻyishgan. Asad olti yoshida otasining yordami bilan musiqa yaratishni yaʼni kompozitorlik qilishni boshlagan[4]. Asad Ehlers-Danlos sindromi bilan tugʻilgan boʻladi. Bu kasallik biriktiruvchi toʻqimalarga taʼsir etuvchi kasalliklar guruhiga kiradi va erta yoshda cholgʻu asboblarini ijro etish qobiliyatini keskin cheklab qoʻyadi. Biroq bu holat uning ovoziga taʼsir qilmagan. Bolaligida Asad radio va televideniya uchun koʻplab yakka qoʻshiqlarni kuylagan, shuningdek, pop yulduzi Luiz Kaldas va braziliyalik soul musiqachisi Hyldon uchun treklarni oʻz ichiga olgan albomlarni ham kuylagan. U oʻsmirlik davrida, yaxshi ijod qila boshlagach, asosan pianinodagi musiqalari quloqqa chalinishni boshlagan va jazzga qiziqib qolgan. Keyingi yillarini Sheila Zaguri, Linda Bustani va Leandro Braga bilan musiqa, pianino, kompozitsiya va aranjirovka boʻyicha intensiv mashgʻulotlar bilan toʻldirildi. 1993-yilda Asad va uning ukasi Rodrigo otasi bilan yashash uchun Fransiyaga koʻchib oʻtadi[5], chunki u yerda otasining ikkinchi xotini va farzandi Yuliya yashardi. Asad Parijdagi milliy oliy konservatoriya professori Natali Fortin bilan yakka tartibda pianino va improvizatsiya boʻyicha tahsil olgan va otasining murabbiyligi, bastakorlik va koʻplab asarlar aranjirovkasidan bahramand boʻlgan. Bu davr uning uchun biroz notinch boʻladi. Ammo u shu vaqt ichida qisqa muddat boʻlsa-da, sermahsul ijod qilgan edi. Serxio Asadning rafiqasi saraton kasalligiga qarshi kurashib, bir yil oʻtib 38 yoshida vafot etadi. Asad akasi bilan Braziliyaga qaytadi. 1995-1997-yillarda Rio-de-Janeyroda Asad dramaturg Lusiya Koeloning „Tá na Hora“, Xoakim de Paulaning „A Estrela Menina“ kabi bir qancha musiqiy guruhlarda pianinochi, aranjirovkachi va klaviaturachi sifatida ishlagan. Musiqaga ishtiyoqli boʻlsa-da, u Braziliyada sanoatning cheklangan istiqbollari tufayli ilmiy darajaga ega boʻlish qarori bilan kurashdi. U dengiz biologiyasi boʻyicha kollejga kirish imtihonlariga oʻqishga tayyorgarlik koʻrayotganda, uning otasi Serxio astrofizik Anjela Olinto bilan uchrashdi[6] va Chikagoga koʻchib oʻtdi. Bir yil oʻtgach, Asadga 1998-yilda Braziliyani tark etib, Berkli musiqa kollejida kino musiqasini oʻrganish imkoniyati berildi.

  1. „Long Biography“ (en-US). Qaraldi: 2019-09- 22.
  2. es:Anexo:Premios Grammy Latinos 2009
  3. „Clarice Assad artist sahifasi, Grammy.com“. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
  4. dan-bilawsky.php „Klaris va Serxio Asad: Relikvia“. allaboutjazz.com (2016-yil 30-iyun).
  5. „Jaz, kabare va jahon musiqasi MMFda markaziy oʻrinni egallaydi“. moabtimes.com (2015-yil 5-aprel). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun , 2018.
  6. us/26cncfamily.html „Musiqa va fizika hayoti, sevgi bilan bog'langan“ (2010-yil 25-noyabr).