Kontent qismiga oʻtish

Chusovaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chusovaya
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi 592
Maydoni 23 000 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Chusovaya

ChusovayaRossiya Federatsiyasidagi (Chelyabinsk, Sverdlovsk va Perm viloyatlari) daryo. Kama daryosining chap irmogʻi (Oʻrta Uraldan boshlanib Kama suv omboriga kuyiladi). Uzunligi 592 km, havzasining maydoni 23 ming km². Yuqori oqimida vodiysi keng; oʻrta oqimida tor kanyonlardan, quyi oqimida tekislikdan oʻtadi. Kama GES qurilishi munosabati bilan quyi qismini suv bosgan. Irmoqlari: oʻngdan — Mejevaya Utka, Koyva, Usva va chapdan — Revda, Lisva. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 222 m³/sek. noyabr da muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Yogʻoch oqiziladi, kema qatnaydi. Ch. boʻyida Pervouralsk, Chusovoy shaharlari qurilgan.