Christina Aguilera
Christina Aguilera | |
---|---|
Aguilera 2019-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Christina María Aguilera 18-dekabr 1980-yil New York shahri, AQSh |
Janrlar | |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1992 – hozirgacha |
Leybllar |
|
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi |
Jordan Bratman (turm. 2005; ajr. 2011) |
Veb-sayt | christinaaguilera.com |
Christina María Aguilera (talaffuzi: Kristína Mariya Agilera; 1980-yil 18-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, aktrisa va teleboshlovchidir. „Voice of a Generation“ („Avlod ovozi“) deb nom olgan Aguilera 1990-yillarning oxirida teen popni qayta jonlantirishga masʼul boʻlgan artistlardan biri oʻlaroq eʼtirof etildi. Aguilera oʻzining vokal qobiliyatidan jinsiy aloqa, feminizm va oiladagi zoʻravonlik kabi mavzularni muhokama qilish uchun foydalandi. U, shuningdek, tez-tez oʻz imidjini qayta kashf etdi, oʻzining behayo va noanʼanaviy koʻrinishi ortidan tanildi. Uning ashulalari ommaviy axborot vositalarida xush qarshilandi va koʻplab bahslarga sabab boʻldi.
New York shahrida tugʻilib, Pennsylvaniada ulgʻaygan Aguilera faoliyatini ilk bor bolalar aktrisasi oʻlaroq boshladi va 1990-yillarda koʻplab teledasturlarda koʻrinish berdi. 1999-yilda RCA Records studiyasi bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, u aktrisalikdan pop musiqaga oʻtdi va shu yili oʻzining ismi bilan nomlangan albomini chiqardi. Albomdagi uch ashula — „Genie in a Bottle“, „What a Girl Wants“ va „Come On Over Baby (All I Want Is You)“ Billboard Hot 100da birinchi raqamni egallashdi, hatto buning ortidan Aguilera bubblegum pop artisti sifatida tanildi. Aguilera 2002-yilda karyerasini oʻzgartiruvchi albom — Strippedni chiqardi; albomdagi „Dirrty“ ashulasi uchun tasvirga olingan musiqiy video Aguileraning seksualligini kashf etilishi borasida koʻplab bahslarga yoʻl ochdi va bu uni oʻsmirlar idoli imidjini yoʻqotishiga olib keldi. Shunday boʻlsa-da, albomning „Beautiful“, „Fighter“ va „Canʼt Hold Us Down“ singllari koʻplab mamlakatlar musiqiy chartlarida yuqori oʻntalikdan oʻrin oldi hamda Aguilera 2003-yilning eng muvaffaqiyatli ayol artisti oʻlaroq qayd etildi.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Christina Aguilera (1999)
- Mi Reflejo (2000)
- My Kind of Christmas (2000)
- Stripped (2002)
- Back to Basics (2006)
- Bionic (2010)
- Lotus (2012)
- Liberation (2018)
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnelari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Christina Aguilera in Concert (2000—2001)
- Justified & Stripped Tour (2003) (Justin Timberlake bilan)
- The Stripped Tour (2003)
- Back to Basics Tour (2006—2007)
- Liberation Tour (2018)
- The X Tour (2019)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Christina Aguilera haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (ingl.)
- Christina Aguilera diskografiyasi Discogsda
- Christina Aguilera IMDbda
- 18-dekabrda tugʻilganlar
- 1980-yilda tugʻilganlar
- Amerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Amerikalik aktrisalar
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik ovoz aktrisalari
- Amerikalik ayol modellar
- Amerikalik ayol filantroplar
- MTV Europe Music Award sovrindorlari
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- LGBT huquqlari faollari
- Amerikalik televideniye aktrisalari
- Amerikalik bola aktrisalar
- Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar
- Amerikalik bola qoʻshiqchilar
- Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar
- Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar