Chorvoq
Chorvoq | |
---|---|
Qishloq | |
41°38′01″N 69°56′49″E / 41.63361°N 69.94694°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
tuman | Boʻstonliq tumani |
Asos solingan | 1964 |
Aholisi | 5 500 kishi (2 004) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
|
Chorvoq (Chorbogʻ) — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi shaharcha. Toshkent shahardan 70 km. Ugom tizmasining yon bagʻrida, Ugom daryosining Chirchiq daryosiga quyilish joyidagi oʻng sohilida, Toshkent — Xoʻjakent temir yoʻlda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xoʻjakent (3 km). Oʻrtacha 892 m balandlikda. 1964-yil Chorboq suv ombori va Chorvoq GES qurilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Aholisi 5,5 ming kishi (2004).
Chorvoqda, asosan, quruvchilar va energetiklar, shuningdek, yoʻlsozlar, haydovchilar, korxonalar ishchi va xizmatchilar ham yashaydi.
Shaharcha nomi („Chorbogʻ“) toʻrtta bogʻ maʼnosini bildiradi. Chorvoqda Chorvoq GES qurilish boshqarmasi, Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi, Boʻstonliq tumani avtomobil yoʻllari boshqarmasi, avtotransport ishlab chiqarish korxonasi kabi yirik korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatadi. „Shams“ firmasi („Xumson“ mineral suvi qadoklanadi) bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, 2 bolalar, 1 shahar kutubxonasi, markaziy kasalxona mavjud. Chorvoq yon atrofida bolalar oromgoxlari, dam olish uylari, sanatoriylar ishlab turibdi. Suv ombori sohillarida „Chorbogʻ“ oromgohi, Bekobod, Olmaliq va Navoiy konmetallurgiya ktlarining dam olish maskanlari barpo etilgan. Chorvoqga Toshkent — Chorvoq yoʻnalishida avtobuslar, Toshkent — Xoʻjakent elektr poyezdi qatnaydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |