Kontent qismiga oʻtish

Chorsu (meʼmoriy yodgorlik)

Koordinatalari: 39°18′48″N 66°29′37″E / 39.31340°N 66.493701°E / 39.31340; 66.493701
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chorsu
Muqobil nomlari Chorsu savdo gumbazi, Chorsu savdo majmuasi
Etimologiya forschadan tarjima qilinganda, chor – „toʻrt“, su —"bozor" chorrahadagi bozor joy
Umumiy maʼlumot
Turi savdo majmuasi
Shahar Shahrisabz
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°18′48″N 66°29′37″E / 39.31340°N 66.493701°E / 39.31340; 66.493701
Qurilishi boshlangan 1598-yil
Qurilishi tugagan 1602-yil
Egasi Davlat himoyasida

Chorsu – Shahrisabzda joylashgan meʼmoriy yodgorlik (15981602). Shaharning bosh savdo inshooti, murabba tarxli timning har toʻrt tomonida peshtoqli, qoʻsh tabaqa darvozasi bor. Toʻrt tomondan kelgan yoʻllar shu savdo timining oʻrtasidagi ulkan gumbaz tagida kesishadi. Uning ostida savdo doʻkonlari – toʻrtburchakli xonalar joylashgan. Bu xonalardan hozirgi kunda ham savdo inshooti sifatida foydalaniladi[1] .

Chorsu savdo gumbazi Shaharisabz shahrining shimoldan janubga hamda sharqdan gʻarbga tomon harakatlanadigan ikkita eng asosiy va qadimiy koʻchalarining kesishish qismida joy olgan.

Chorsu savdo gumbazining qurilish tarixi borasida turfa qarashlar mavjud. Mahalliy rivoyatlarga koʻra, u XVIII asrning 80-yillarida Niyozbek tomonidan qurilgan deb aytilsa-da, ammo inshootning tuzilishi u davr meʼmorchiligiga xos emas. Meʼmorchilik tuzilishiga koʻra, savdo majmuasi XV asrning oxirgi choragi hamda XVI asrning birinchi choragida qurilgan boʻlishi ehtimoli katta. Ayrim boshqa manbalarga koʻra, qurilish ishlari 1598-yilda boshlanib, 1602-yilga qadar davom etganligi bayon etiladi. Inshoot XV asrga tegishli hammom oʻrniga qayta bunyod etilgan degan taxminlar ham mavjud[2].

„Chorsu“ soʻzining keng maʼnosi „toʻrt tomon“ deganidir[2]. Shuningdek, chorsu forschadan tarjima qilinganda chor – „toʻrt“, su esa „bozor“, yaʼni toʻrt koʻcha yoki chorraha kesishuvida joylashgan bozor maʼnosini anglatadi.

Chorsu yopiq bozori 2 ta koʻchaning oʻzaro kesishish qismida, markazida gumbazi mavjud boʻlgan, sakkizburchakli maydon koʻrinishida bunyod etilgan. Maydon turli bezaklardan holi, ammo muhtasham meʼmorchilik naʼmunasi sifatida qurilgan[3].

Muhofazaga olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2019-yil 30-maydagi qaroriga koʻra, Shahrisabzda birinchi muzey-qoʻriqxona barpo etilgan. Uning qamroviga Shahrisabz shahrida joylashgan 7 ta tarixiy yodgorlik obyeklari kirilgan boʻlib, Chubin madrasasi, Shahrisabz shahrining tarixiy qal’asi, Maliki Ashtar masjidi, Kunchiqar masjidi, Chorsu savdo gumbazi shular sirasiga kiradi[4].

Chorsu savdo majmuasi Davlat yodgorliklarini saqlash roʻyxatiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda, Chorsu savdo gumbazi UNESCOning umuminsoniny qadriyatlar kitobidan ham joy egallagan[2]

  1. "Chorsu (meʼmoriy yodgorlik)" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 08-2023.
  3. „Shahrisabzning tarixiy markazi“. unesco. Qaraldi: 08-2023.
  4. Mirjahon. „Qashqadaryoda ilk muzey-qо‘riqxona ish boshlaydi“. Qashqadaryo viloyati hokimligi rasmiy veb sayti (2019-yil 12-iyun). Qaraldi: 08-2023.