Kontent qismiga oʻtish

Chori Normurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chori Normurodov
Tavalludi 4-yanvar 1953-yil (1953-01-04) (71 yosh)
Jarqoʻrgʻon, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Termiz davlat universiteti
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Chori Begaliyevich Normurodov (1953-yil 4-yanvar, Jarqoʻrgʻon tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Chori Normurodov 1953-yil 4-yanvarda Jarqoʻrgʻon tumanida ishchi oilasida tugʻilgan. 1971—1976-yillar Samarqand davlat universiteti amaliy matematika fakultetitda oʻqigan. 1976—1977-yillarda Samarqand davlat universiteti amaliy matematika fakulteti matematik mantiq va dasturlash kafedrasida oʻqituvchi, 1977—1979-yillarda Novosibirsk davlat universiteti stajyor-tadqiqotchisi, 1979—1981-yillarda Novosibirsk davlat universiteti ilmiy tadqiqot sektori ilmiy xodimi, 1981—1984-yillarda Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimi Nazariy va amaliy mexanika instituti aspiranti, 1984—1992-yillarda Samarqand davlat universitetida dastlab oʻqituvchi, soʻngra dotsenti vazifasida faoliyat yuritgan[1]. 1992—1994-yillarda Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti dekani oʻrinbosari, 1994—2005-yillarda Termiz davlat universiteti hisoblash matematikasi va informatika kafedrasi mudiri, 2005—2008-yillarda Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri, 2008—2013-yillar Termiz davlat universiteti ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari boʻyicha prorektori, 2013—2015-yillarda Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi dotsenti, 2015-yildan Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chori Normurodov 1987-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Nikolay Nikolayevich Yanenko ilmiy rahbarligida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 2008-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika va informatsion texnologiyalar institutida akademik Faradey Basirovich Abutaliyev ilmiy rahbarligi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991-yilda „Hisoblash matematikasi“ boʻyicha dotsent, 2021-yilda „Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui“ yoʻnalishida professor ilmiy unvoni berilgan. Hisoblash matematikasi, sonli usullar, matematik modellashtirish, algoritmlash va dasturlashga oid 250 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop ishlar muallifi[1]. Olim rahbarligida 1 ta darslik, 4 ta monografiya, 5 ta oʻquv qoʻllanmalar va 20 tadan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlangan. „Mustaqillikning 30 yilligi“ koʻkrak nishoni sohibi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.