Chino Moreno
Chino Moreno (haqiqiy ismi Camilo Wong Moreno 1973-yil 20-iyunda tugʻilgan) — amerikalik musiqachi. U Deftones va Team Sleep guruhlarining asosiy vokalchisi va orqa gitarachisi. Moreno Kaliforniya shtatining Sakramento shahrida tavallud topdi. Uning otasi meksikalik, onasining qonida esa meksika, irlandiya, xitoyliklarning qoni aralashgan edi. Uning taxallusi „Chino“ ispan tilida „xitoycha“ degan maʼnoni anglatadi. U besh farzand ichida uchinchisi. U turmush qurgan, turmush oʻrtogʻining ismi Celeste. Ular ikki farzandga egalar: Kristian va Jakobi.
Ikki xil maʼnoli, ogʻir sheʼriy matnlari haqida Morenodan sitatalar: „Ayrim vaqtlarda mening matnlarim aniq bir mavzuga ega boʻlmaydi. Men shunchaki oʻsha paytdagi hislarimni qogʻozga tushiraman, matnlarimning tarkibini tushuntirish qiyin. Men yozayotgan narsalar biz qilayotgan musiqaga javobdir. Deftones’ning musiqasi pop emas, uning baxtli hissiyotlarga aloqasi yoʻq. Paradoks, ammo mening albomdan eng yaxshi koʻrgan qoʻshiqlarim muhabbat haqida, boshqa qarash burchagi ostidagi muhabbat haqida“. Shularga qaramay, Chino irqchilik, prostitutsiya, urban vahshiylik va narkotiklar kabi ijtimoiy muammolar haqidagi qoʻshiqlari bilan mashhur.
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Deftones’ning albomi White Pony albomi ustida ishlayotganlarida Chino oʻzining sayd-proekti — Team Sleepda ish boshlaydi. Chinoga The Cure, The Smiths, Duran Duran, Depeche Mode, Helmet, Jawbox, Faith No More, Mr. Bungle, Kool Keith, Bad Brains va Weezer guruhlari taʼsir koʻrsatgan va Deftones’ning ohirigi albomi (Saturday Night Wrist) barcha guruhlarning yoʻnalishlari orasidagi kompromiss, Adrenaline albomidagi brutallik va White Ponyda eshitilgan melodiyaviylik orasidagi oltin oʻrtalikdir.
Hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Wicked“ — Ice Cube kaver, Kornning Life Is Peachy (1996) albomidan
- „Will To Die“ — Strifening In This Defiance (1997) albomidan
- „First Commandment“ — Soulflyning Soulfly (1998) albomidan
- „Bender“ — Sevendustning Home (1999) albomidan
- „(Rock) Superstar“ — Cypress Hillning Skull and Bones (2000) albomidan
- „Danger Girl“ — Tinfedning Tried + True (2000) albomidan
- „Pain“ — Soulflyning Primitive (2000) albomidan
- „Things!“ — Hesherning Hesher (2001) albomidan
- „The Hours“ — Handsome Boy Modeling Schoolning White People (2004) albomidan
- „Paralytic“ va „Crashing Down“ — Dead Poeticning Vices (2006) albomidan
- „Zombie Eaters“ - Faith No More kaver, Ill Niñoning The Undercover Sessions (2006) albomidan
- „Fistful of Nothing“ — Atomic Sixning Runs Astray (2007) albomidan
- „Vengeance is Mine“ — Droidning Droid (2007) albomidan
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Deftones’ning rasmiy sayti (ingl.)
- Team Sleep’ning rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 4-iyun 2007-yil sanasida arxivlangan) (ingl.)