Chingiz Mustafayev
Chingiz Mustafayev | |
---|---|
Tavalludi |
29-avgust 1960-yil |
Vafoti |
15-iyun 1992-yil (31 yoshda) Naxichevanik, Ozarbayjon |
Fuqaroligi | SSSR → Ozarbayjon |
Kasbi | jurnalist va muallif |
Faoliyat yillari | 1991-1992 |
Millati | ozarbayjon |
Turmush oʻrtogʻi |
Rafiga Mustafayeva (turm. 1990) |
Bolalari | Fuad Mustafayev |
Otasi | Fuad Mustafayev |
Mukofotlari | Oʻzarbayjon Milliy Qahramoni 1992-yil |
Chingiz Mustafoyev (ozarbayjoncha: Çingiz Fuad oğlu Mustafayev; 1960-yil 29-avgust – 1992-yil 15-iyun) ozarbayjonlik mustaqil jurnalist, vafotidan keyin Ozarbayjon Milliy Qahramoni davlat ordeni bilan taqdirlangan. Mustafoyev maʼlumotiga koʻra tibbiyot hodimi boʻlishiga qaramasdan jurnalistika bilan shugʻillangan. U Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushining dastlabki bosqichlari haqida video yozuv yaratgan, hujjatli filmning aksariyati frontda suratga olinishi kerak edi. Suratga olish jarayonlarida toʻsatdan minomyotdan olgan jarohati uning oʻlimiga sabab boʻlgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustafoyevlar oilasi tipik ozarbayjon oilasi sifatida tasvirlanadi. Uning otasi harbiy boʻlgan va SSSRda raketa va qurollar ustida ishlagan. Chingiz oilada toʻngʻich farzand boʻlgan, u 1960-yilda tugʻilgan, uning ikki nafar ukasi boʻlgan –1962-yilda tugʻilgan Seyfulla Mustafoyev va 1968-yilda tugʻilgan Vohid Mustafoyev[1]
Hujjatli filmlar suratga olish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustafoyev 1992-yilda Xodjali qirgʻini qurbonlari jasadlarini suratga olgani bilan tanilgan.[2][3] Ushbu manzaralarni hujjatlashtirish uchun u dushmanning kuchli oʻq otishi ostida qolgan armiya vertolyotida sayohat qildi. Uning Xodjalining qor bilan qoplangan dalalariga sochilgan yuzlab oʻliklarni aks ettiruvchi videofilmi qirgʻinga dalil boʻldi.
Musiqa prodyuseri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustafoyev 1983-yilda Ozarbayjondagi birinchi estrada musiqani yaratgan.[4]
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yil 15-iyunda Naxichevanik qishlogʻi yaqinida ozarbayjon va arman kuchlari oʻrtasidagi oʻt ochish harakatlarini suratga olish paytida Mustafayev minomyotdan oʻqqa tutildi. Ukasi Vohidning soʻzlariga koʻra, u toʻgʻridan-toʻgʻri yonida snaryad portlashi va snaryad parchalari katta arteriyalaridan birini kesib tashlashi oqibatida halokatli darajada yaralangan. Mustafoyev vertolyotda kasalxonaga olib kelinganida, u qon yoʻqotishdan vafot etgan edi. Uning soʻnggi lahzalari oʻz kamerasiga yozib olingan.[5]
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]ANS CM 102 FM — shiori „Biz kurashga tayyormiz“Kavkazdagi birinchi radioeshittirish kompaniyasi uning sharafiga stansiya nomini oʻzgartirdi.
ANS telekanali tomonidan Chingiz Mustafoyev sharafiga turli yoʻnalishlarda jurnalistik tanlovlar oʻtkazish maqsadida jamgʻarma tashkil etildi.[6] Ozarbayjon radiostansiyasi ANS CM 102 FM ham uning nomini oldi va uning shiori „Döyüş alnımıza yazılıb“ („Urush peshonamizga yozilgan“)ni oʻziga shior qildi.
Manbalar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Our Own Voices, Our Own Minds:Stalin Crushes Would-Be Student Activists
- ↑ „Azerbaijani mark anniversary of journalist Chingiz Mustafayev – IRFS“.
- ↑ Cornell, Svante E.. Azerbaijan Since Independence, 20-may 2015-yil. ISBN 9781317476214.
- ↑ Documenting the Horrors of Karabakh
- ↑ Mustafayev, Vahid. „Documenting the Horrors of Karabakh. Chingiz Mustafayev in Action“. Azerbaijan International. 7.3-jild, № Autumn 1999. 57–59-bet. Qaraldi: 18 April 2019.
- ↑ „Azerbaijani Painter receives Man of the Year award“. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2009-yil.