Kontent qismiga oʻtish

Chimyon

Koordinatalari: 40°15′10″N 71°34′15″E / 40.25278°N 71.57083°E / 40.25278; 71.57083
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chimyon
shahar
40°15′10″N 71°34′15″E / 40.25278°N 71.57083°E / 40.25278; 71.57083
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Fargʻona tumani
Aholisi
 (2004)
3 400
Vaqt mintaqasi UTC+5
Chimyon xaritada
Chimyon
Chimyon

ChimyonFargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi shaharcha (1943-yildan). Fargʻona shahridan 28 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Oltiariq (24 km). Aholisi 3,4 ming kishi (2004). Chimyonda 2 umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, madaniyat saroyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, stadion, poliklinika, dorixona mavjud. Chimyon hududida eski neft koni, balneologik kurort bor. Kurort mineral suvi tarkibida vodorodsulfid (300–500 mg/l) va natriy xlorid asosiy oʻrin tutadi. Tarkibi jihatdan Kavkazdagi SochiMatsesta mineral suvlariga tenglashadi. Chimyonda yuraktomir, periferiya nerv sistemasi, tayanchharakat apparatlari, ovqat hazm qilish organlari, teri, radikulit, spondilyoz, revmatizm va boshqa kasalliklar davolanadi.[1]

  1. "Chimyon" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil