Cherenkov-Vavilov nurlanishi
Ushbu sahifani Vavilov-Cherenkov nurlanishi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Cherenkov-vavilov nurlanishi, Cherenkov-Vavilov effekti — tez harakatlanuvchi zaryadlangan zarralar (elektronlar, protonlar, mezonlar va boshqalar) biror moddadan oʻtganda sodir boʻladigan yorugʻlik nurlanishi. SM.Vavilov tashabbusi bilan P.A.Cherenkov radiyning unurlari taʼsirida toza suyuklikning yorugʻlanishini kuzatayotib kashf etgan (1934). Bu hodisani 1937 yilda N.Ye.Tamm va I.M.Frank nazariy tomondan tushuntirib berganlar. Zichligi katta moddadagi elektronlarning nurlanish sodir qilishi uchun bir necha yuz ming eV protonlar shunday tezlikka erishishi uchun 10 mln. eV energiya kerak boʻladi (chunki protonning massasi elektronnikidan ancha ogʻir).
CH.—Cherenkov-vavilov nurlanishining oʻziga xos xususiyati uning yoʻnalganligi: yorugʻlik har tomonga nurlanmay, balki zarraning harakat trayektoriyasi bilan oʻtkir burchak hosil qiladigan yoʻnalishda nurlanadi. Nurlanish burchagi v kuyidagi munosabatga boʻysunadi:Burchak v ni topib, zarra tezligini aniklash mumkin. Ch.—Cherenkov-vavilov nurlanishi tez zarra (elektron, proton, mezon)larning tezligini oʻlchash va harakat yoʻnalishini aniklashda qoʻllanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |