Kontent qismiga oʻtish

Chen Rong (musavvir)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chen Rong

Chen Rongning "To'qqiz ajdaho" hendskroli, 1244-yil, Xitoy Sun imperiyasi Tasviriy san'at muzeyi,Boston
Tavalludi
陳容

1200
Vafoti 1266 (yoshi 65–66)
Fuqaroligi Janubiy Sun imperiyasi

Chen Rong (xitoycha: 陈容; tax. 1200 – 1266) [1] Janubiy Sun imperiyasining rassomi va siyosatchisi boʻlib, ajdaho tasvirlari bilan mashhur. Massachusets shtatidagi Boston Tasviriy sanʼat muzeyida saqlanayotgan1244-yilga tegishli „To‘qqiz ajdaho“ hendskroli Chen asarlaridan biridir[2]. Missuri shtatining Kanzas-Siti shahridagi Nelson-Atkins sanʼat muzeyida joylashgan „Besh ajdaho“ hendskroli ham Chen Rong ijod namunasi hisoblanadi[3]. Chen Rongga tegishli boʻlgan besh ajdarning uzunroq versiyasi Tokio milliy muzeyida saqlanmoqda[4]. Smitsonian milliy Osiyo sanʼati muzeyidagi „Oʻn bir ajdaho“ rasmi dastavval Chen Rongga tegishli deb hisoblangan boʻlsa-da, endilikda Min sulolasi davriga mansub, deya taʼkidlanadi[5]. 2017-yilning mart oyida Chen Rongga tegishli „Olti ajdaho“ hendskroli Osakadagi Fujita sanʼat muzeyi tomonidan Christieʼs’da deyarli 49 million dollarga sotildi[6].

To‘qqiz ajdaho hendskroli
  1. Barnhart, R. M. et al. (1997). Three thousand years of Chinese painting. New Haven, Yale University Press. ISBN 0-300-07013-6. Page 372. Chen Rongʻs style name was Suoweng (所翁)
  2. East Asian Scroll Paintings. University of Chicago Center for Art of East Asia. Nine Dragons. Chen Rong. https://scrolls.uchicago.edu/view-scroll/49
  3. East Asian Scroll Paintings. University of Chicago Center for Art of East Asia. Five Dragons. Chen Rong. https://scrolls.uchicago.edu/view-scroll/168
  4. Five Dragons (五龍圖) Attributed to Chen Rong (陳容, first half of 13th c.), Southern Song dynasty (1127-1279) Handscroll, ink and light color on paper, 45.2 x 299.5 cm, Tokyo National Museum. http://www.chinaonlinemuseum.com/painting-chen-rong-five-dragons.php
  5. Eleven Dragons. https://asia.si.edu/object/F1919.173/
  6. "‘My highlight of 2017’ – The Fujita Museum Six Dragons scroll" https://www.christies.com/features/2017-highlight-Fujita-Museum-dragon-scroll-8799-1.aspx