Chechen tili
Chechen tili | |
---|---|
Milliy nomi | Нохчийн мотт va Noxçiyn mott |
Mamlakatlar | Rossiya[1][2], Turkiya[3], Iordaniya[4], Gurjiston[5], Qozogʻiston[6] va Yevropa Ittifoqi |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1 393 900 |
Alifbosi | Kirill alifbosi, Lotin alifbosi va Chechen writing |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | ce[7] |
ISO 639-2 | che[7] |
ISO 639-3 | che[7] |
Chechen tili (chechencha: Нохчийн мотт, Noxçiyn mott) – kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining nax guruhiga mansub til. Asosan, Rossiya Federatsiyasining Checheniston (Chechnya), Ingushiya respublikalarida, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Gruziya va Ukrainada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 960 ming kishidan ortiq (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari).
Chechen tili tekislik va togʻlik lahjalariga, togʻlik lahjalar esa oʻz navbatida yana 6 lahjaga boʻlinadi. Chechen tili fonetikasi murakkab vokalizm (qisqa, choʻziq, umlautli sodda unlilar, diftonglar, triftonglar) va konsonantizm (sodda, qoʻshaloq, tanglay undoshlari) tizimiga ega. Morfologiyasi agglyutinativflektiv belgilarga ega: unda 6 grammatik sinf, koʻp kelishikli turlanish, feʼlning zamon, mayl, tuye kategoriyalari mavjud. Sintaksisi sodda ran turlarining va qoʻshma ran yasalishi usullarining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Leksikasida rus, arab, fors, gruzin, turkiy va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. Yozuvi oʻtgan asrning 20-yillarida arab grafikasi asosida, keyinroq lotin grafikasi asosida yaratilgan. 1938-yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy qilingan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ 7,0 7,1 7,2 (unspecified title)
- ↑ "Chechen tili" OʻzME. Ch-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |