Charles Harbutt
Charles Henry Harbutt | |
---|---|
Tavalludi | 1935-yil 29-iyul |
Vafoti | 2015-yil 30-iyun |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Fotojurnalis |
Charles Henry Harbutt (1935-yil 29-iyul – 2015-yil 30-iyun) amerikalik fotograf, Magnum kompaniyasining sobiq prezidenti va New Yorkdagi Parsons dizayn universiteti fotojurnalistika boʻyicha dotsent, oʻqituvchisi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harbutt New Jersey shtatining Camden shahrida tugʻilgan. Ammo New Jersey shtatining Teaneck shahrida ulgʻaygan. Henry koʻp fotografiya mahoratini ham shu shaharchaning havaskor kameralar klubidan oʻrgangandi. U New Yorkdagi Regis oʻrta maktabida oʻqigan va maktab gazetasi uchun suratlar olgan[1]. Keyinchalik Marquette Universityni tamomlagan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harbutt ijodi zamonaviy fotojurnalistlik anʼanalarida chuqur ildiz otgan. Faoliyatining dastlabki yigirma yilida AQSh, Yevropa va Yaponiyadagi yirik jurnallarga oʻz hissasini qoʻshgan. Uning suratlari koʻpincha siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlarni tasvirlagan. Henry 1959-yilda "Jubilee" katolik jurnalida yozuvchi va fotograf boʻlib ishlagan[3]. Xarbutt ushbu tahririyatda ishlayotgan davrda Jubilee jurnalining muharriri Robert Lax oʻzining birinchi sheʼriy kitobi "The Circus of the Sun"ning old va orqa muqovasi uchun Harbutt tomonidan olingan fotosuratlardan foydalangan[4].
Harbutt Magnum Photos kompaniyasiga qoʻshildi va 1979-yilda tashkilot prezidenti etib saylandi. Soʻng 1981-yilda kompaniyani tark etgan. Chunki uda tijorat ambitsiyalari kuchayib borayotgani sababli shaxsiy ish bilan shugʻullanish istagi paydo boʻlgandi. Charles fotografiya darslarini oʻqidi. Oʻz suratlarini butun dunyo boʻylab yakkaxon va guruh koʻzgazmalarida namoyish etdi. Keyinchalik New School universitetining Parsons dizaynfakultetiga rasman professor sifatida ishga kirdi va dars bera boshladi. Bundan tashqari MIT, Sanʼat institutlariga mehmon fotojurnalist sifatida xizmat qildi. Harbutt Chikago va Rhode Island dizayn maktabi oʻqituvchisi, xalqaro hujjatli fotograflar kooperativi Archive Pictures Inc. asoschisi va Amerika jurnal fotograflari jamiyati aʼzosi edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Blake, Andrews. „Q & A with Charles Harbutt“ (2013-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
- ↑ Regan, Margaret. „Charles Harbutt overcame many obstacles in his career, most notably cynicism. Harbutt photographed the Woodstock Festival for Life Magazine. In the early 1970s, he was a visiting professor at the Pratt Institute in Brooklyn, N.Y., where he taught narrative form in photography and conducted workshops, where he invited internationally famous photographers of the 20th Century to show their work and hold discussions with the students.“. Tucson Weekly (1997-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 12-oktyabr. „Harbutt grew up in the little town of Teaneck, N.J. He learned so much about photography from the 'amateurs' in the local camera club that at Marquette in the 1950s he was banned from photog classes on the grounds that he already knew what he was doing.“.
- ↑ Bailey, Holly. „Charles Harbutt, a photographer captivated by magic in pictures“. Yahoo News (2014-yil 3-mart). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
- ↑ Lax, Robert. The Circus of the Sun. New York: Journeyman Press, 1959.