Kontent qismiga oʻtish

Chappell Roan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chappell Roan
Roan 2022-yilda
Roan 2022-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 19-fevral 1998-yil (1998-02-19) (26 yosh)
Janrlar
Kasbi
Faoliyat yillari 2014–hozirgacha
Leybllar
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt iamchappellroan.com

Kayleigh Rose Amstutz (1998-yil 19-fevralda tugʻilgan) – Chappell Roan nomi bilan tanilgan (CHAP-əl ROHN) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. 1980-yillarda sinth-pop, 2000-yillarning boshida esa pop-hitlardan ilhomlanib koʻplab musiqalar yozgan. Roanning musiqiy ijod namunalarida drag-queenlarning taʼsiri katta. Musiqa va ijro uslubi „campy“ deya tasvirlanadi.

Roan 17 yoshida „Die Young“ nomli qoʻshigʻini oʻzining YouTube sahifasiga yuklagan. Shundan keyin qoʻshiqchi Atlantic Records kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilda Roan ilk mini-albomi – „School Nights“ni tinglovchilarga taqdim qilgan. 2020-yilda yaratilgan „Pink Pony Club“ qoʻshigʻi Roanning dastlabki mashhurlik shohsupasiga koʻtarilishiga sabab boʻlgan, lekin aynan oʻsha yili Roan Atlantic Records kompaniyasi tarkibidan chiqarilgan.

Qisqa tanaffusdan soʻng, Roan 2022-yilda mustaqil ravishda bir qator qoʻshiqlarini ommaga taqdim qildi. 2023-yilda Island Records studiyasi bilan hamkorlikda „The Rise“ va „Fall of a Midwest Princess“ albomlarini chiqardi. Ushbu albom 2023-yil oxirida bir nechta eng yaxshi albomlar roʻyxatiga kiritildi. Garchi albom chiqarilganidan keyin darhol muvaffaqiyatga erishmagan boʻlsa-da, oradan bir necha oy oʻtgach, Midwest Princess katta mashhurlikka erishdi va „sleeper hit“ deya tan olindi. Ushbu ijod namunasining mashxurlikka erishishida Olivia Rodrigoning Guts World Tourda albomni qoʻllab-quvvatlashi, Coachella va Governors Ball kabi musiqa festivallaridagi chiqishlari va „Good Luck, Babesinglining muxlislar tomonidan iliq kutib olinganligi katta turtki boʻldi. 2024-yil iyun oyida Midwest Princess chartsga koʻtarildi va AQShning Billboard 200 rekordlar jadvali top oʻntaligiga kiritildi. Qoʻshiq, shuningdek, Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada ham mashxurlikka erishdi. Keyinchalik, uning bir nechta singllari birinchi bor turli top chartlarda koʻrinish berdi.

Kayleigh Rose Amstutz 1998-yil 19-fevral kuni Springfield shahri yaqinidagi Willard shaharchasida tugʻilgan[1][2][3]. Oilada toʻrt farzand boʻlib, Roan ularning toʻngʻichi hisoblangan. Ularning oilasi trailerlar parkida istiqomat qilgan[4][5]. Onasi Kara veterinar, otasi Dwight esa Springfildda oilaviy, nevrologiya hamda intensiv parvarishlash boʻlinmalarida doktor boʻlib ishlagan[6]. Roan oʻzi tugʻilgan shahrini va bolaligi oʻtgan davrni konservativ va xristianlikka asoslangan shahar deya tasvirlaydi[7][8][9]. Bolaligida haftasiga uch marta cherkovga borar va baʼzan yozni xristian lagerlarida oʻtkazardi[8][10]. 2023-yilgi intervyusida qoʻshiqchi atrofidagilar bilan kelishmovchilikka borganligini va tez-tez yashirincha uydan chiqib ketishini aytgan: „Men oʻzimni yaxshi odam kabi his qilishni xohladim, lekin baʼzida barchasidan qochib ketishni istardim“[10].

Roan 10 yoki 11 yoshida pianino chalishni[11], 12 yoshida musiqadan saboq olishni boshladi[4]. 13 yoshida birinchi marta maktabidagi isteʼdodlar koʻrgazmasida „The Christmas Song“ nomli qoʻshiqni kuylab, ilk bor oʻzini ommaga namoyish etdi[12][13][4]. Roan taxminan 14 yoshida Amerikaʼs Got Talent uchun ariza topshirdi, ammo uning bu chiqishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi[4]. 14 yoki 15 yoshida turli xil disk kompaniyalarining eʼtiborini jalb qilib, YouTube platformasiga coverlar yuklay boshladi[4][14]. Oʻsmirlik yoshiga yetganida qoʻshiq yozishni boshladi[11]. Oʻrta maktabni bir yil oldin tugatdi. Keyinchalik, Roan oʻzining musiqiy faoliyati uchun bolalik yillaridan, oʻrta va oliy maktablardan voz kechganini taʼkidlagan[15][16].

Roan 2014-yil noyabr oyida „Die Young“ nomli shaxsiy qoʻshigʻini Kayleigh Rose nomi bilan YouTube sahifasiga yukladi[2][17]. U Interlochen Sanʼat markazi yozgi lagerida boʻlgan vaqtida ushbu qoʻshiqni yozgan va aynan shu qoʻshiq uning hayot yoʻllarini tubdan oʻzgartirganligini taʼkidlagan. Keyinchalik, Nyu-Yorkdagi bir nechta musiqiy namoyishlarga tashrif buyurgan, bu esa uning 2015-yil 8-may kuni Atlantic Records musiqa kompaniyasi bilan shartnoma imzolashiga sabab boʻlgan[18][13]. 2016-yilga kelib, miya saratonidan vafot etgan bobosi Dennis K. Chappellning sharafiga qoʻshiqchi oʻziga Chappell Roan taxallusini olgan. Bobosining sevimli qoʻshigʻi Curley FletcherningThe StrawberryRroan“ taronasi boʻlgan[19][13][16][20].

2017-yil 3-avgust kuni Roan oʻzining ilk yakkaxon „Good Hurt“ qoʻshigʻini namoyish etdi. Qoʻshiq Interviewda ijobiy baholandi, uning oʻziga xos yetukliligi va ajablanarli vokali maqtab oʻtildi[21][22]. Shu vaqt davomida Roan Missuri shtatining Springfield shahrida ota-onasi bilan yashardi va kerak boʻlganda ular bilan Los-Anjeles yoki Nyu-York shahriga uchib borardi. 2018-yilda Roan Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi[2][23]. Roan oʻshanda ilk marta mustaqil yashay olishini va oʻzining hayoti toʻliq sevgi-muhabbat bilan qamrab olinganini his qilganini aytgan. Bu narsa unga haqiqiy his-tuygʻular bilan ijod qilishga imkon bergan[16][24]. 2018-yil yanvaridan mart oyiga qadar Roan Declan McKenna bilan AQShda gastrol safarlarini uyushtirgan[14].

Roan 2020-yil boshidan qoʻshiqnavis va prodyuser Dan Nigro bilan ishlashni boshladi[25]. 2020-yil aprel oyida „Pink Pony Club“ qoʻshigʻini taqdim etdi va ushbu qoʻshiqni „School Nights“ning bir qismi deya tasvirladi[26]. Qoʻshiq musiqasi Nigro, video esa Griffin Stoddard tomonidan ishlangan[2][23]. Aynan shu qoʻshiq Roanni Los-Anjelesda go-go raqqosi boʻlishga undaganini aytib oʻtarkan: „chindan ham men buni qila olishimga ishonmayman, shuning uchun men bu haqida qoʻshiq yozdim“ deydi[20].

Roan 2020-yil may oyida „Love Me Anyway“, „California“ deb nomlangan ikkita singlini muxlislar eʼtiboriga namoyish etdi[27][28]. Biroq qoʻshiqlari Atlantic uchun yetarlicha foyda keltirmagach, ular Roanni 2020-yilning avgust oyida kompaniya tarkibidan chiqarishdi[16][29]. Aynan oʻsha haftada Roanning toʻrt yillik sevgilisi u bilan ajraldi. Yulduz keyingi ikki yilda oʻzini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarish sohasida yordamchi, barista va enaga sifatida ishlab kun kechirdi[16][10]. Shunga qaramay, USA Today gazetasida Roanning „Pink Pony Club“ „2020-yilning 10 ta eng yaxshi qoʻshiqlari“ roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi[30]. Oradan bir yil oʻtgach, „Pink Pony Club“ „the Song of Summer 2021“, yaʼni 2021-yil yoz mavsumining eng yaxshi qoʻshigʻi sifatida eʼtirof etildi[2]. 2020-yil avgust oyida qoʻshiq Spotifyda 10 million martadan ortiq eshittirilgan[20].

  1. Paz. „Chappell Roan Celebrates Birthday with a Euphoric Performance at Bronze Peacock in Houston“ (en-US). Coog Radio (2023-yil 21-fevral). 2024-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Alter. „Sorry But the Song of Summer 2021 Is This Stripper's Delight From Summer 2020“ (en-us). Vulture (2021-yil 27-may). 2021-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  3. D'Souza, Shaad. „Chappell Roan, pop's next big thing: 'I grew up thinking being gay was a sin'“ (en-GB). The Guardian (2023-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Holman. „Chappell Roan is a singer from Willard. She just made the big time.“ (en-US). Springfield News-Leader. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  5. „Chappell Roan on Audience Participation, Playing a Character and Being Horny“ (en-GB). Polyesterzine.com. 2024-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  6. Caruso. „All About Chappell Roan's Parents, Dwight and Kara Amstutz“. People (2024-yil 11-iyun). Qaraldi: 2024-yil 12-iyun.
  7. „Chappell Roan: how an unforgettable night at a gay club led to Pink Pony Club“. headlinermagazine.net. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  8. 8,0 8,1 „Chappell Roan doesn't care if she's going to hell“ (en). Washington Post (2023-yil 14-oktyabr). 2023-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  9. Sherman. „A conversation with Chappell Roan, the yodeling, queer pop icon of tomorrow“ (en). apnews.com. Associated Press (2023-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  10. 10,0 10,1 10,2 Shafer. „Confessions of a 'Midwest Princess': How Chappell Roan's Debut Album Arose From the 'Deep Pits of Hell' to Become a 'Dream Come True'“ (en-US). Variety (2023-yil 22-sentyabr). 2023-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  11. 11,0 11,1 Lindsay. „The Drop: Exclusive Music Video Premiere For Chappell Roan's "Die Young"“ (en). Refinery29 (2018-yil 3-yanvar). 2019-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  12. Roan. „Today I got to perform "The Christmas Song" at the Willard Middle School talent show, just like I did in 2011. That was the first time I ever sang out...“. facebook.com. 2024-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  13. 13,0 13,1 13,2 „From School Days to 'School Nights': Former Willard Student Hits All the Right Notes“ (en). Willard High School. 2024-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  14. 14,0 14,1 Kato. „Chappell Roan to show off evolving sound at The Lost Horizon“ (en-US). The Daily Orange (2018-yil 20-fevral). 2018-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  15. Yohn. „We Sat Down With Chappell Roan, A Springfield Native Turned Pop Artist“ (en-us). springfieldmo.org. Springfield Missouri Convention & Visitors Bureau (2023-yil 17-fevral). 2024-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 {
  17. „Troye Sivan Saw Chappell Roan's Success Coming a Decade Ago“ (en-US). Them (2024-yil 22-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  18. Daw, Stephen (December 20, 2022). „Chappell Roan's Big Year: How the DIY Indie-Pop Star 'Casual'-ly Thrived in Her Post-Label Era“. Billboard (ingliz (Amerika)). November 15, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: January 17, 2024.
  19. Holman. „Chappell Roan is a singer from Willard. She just made the big time.“ (en-US). Springfield News-Leader. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  20. 20,0 20,1 20,2 Ribner. „Slumber Party Pop: A New Authenticity with Chappell Roan“ (en-GB). Cherwell (2022-yil 12-avgust). 2022-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
  21. Holman. „Chappell Roan is a singer from Willard. She just made the big time.“ (en-US). Springfield News-Leader (2017-yil 17-avgust). 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  22. Czemier. „Exclusive Track & Video Premiere: 'Good Hurt,' Chappell Roan“ (en-US). Interview (2017-yil 1-avgust). 2017-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  23. 23,0 23,1 „V Exclusive: Chappell Roan's 'Pink Pony Club' out NOW!“. V Magazine (2020-yil 3-aprel). 2020-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  24. Wass. „Chappell Roan Reinvents Herself With Genre-Bending "Pink Pony Club"“. idolator (2020-yil 3-aprel). 2024-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  25. Aswad. „Rising Star Chappell Roan Meets Her Moment With Ecstatic New York Show: Concert Review“ (en-US). Variety (2023-yil 1-mart). 2023-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-mart.
  26. Levine. „Chappell Roan: the pop supernova who feels like one of the 'Drag Race' girls“ (en-GB). NME (2024-yil 5-fevral). 2024-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  27. Love Me Anyway (inglizcha), 2020-05-01, qaraldi: 2024-05-11
  28. California (inglizcha), 2020-05-29, qaraldi: 2024-05-11
  29. „Exclusive Interview with 'Chappell Roan'“ (en-US). Illustrate Magazine (2022-yil 19-iyun). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  30. Ryan. „The 10 best songs of 2020, including Billie Eilish, The Weeknd and Cardi B“ (en-US). USA Today (2020-yil 16-dekabr). 2020-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.