Chagʻcharon
Chag'charon (fors-dariycha: چغچران), shunigdek, Firozkoh (fors-dariycha: فیروزکوه), G'or Viloyatining markazi, Afg'onistonning markazidagi shahar va tuman hisoblanadi. Hari Daryosining janubida, dengizdan 2.230 m balandlikda joylashgan. Chag'charon shimoldan Hirotga olib boruvchi 380 kilometrlik(240 mil) yo'l bilan, shimoldan Paropamis Tog'larining janub qismi (Selseleh-ye Safīd Kūh)) va sharqdan Kobulga olib boruvchi 450 kilometrlik(280 mil) uzun yo'l bilan chegaralangan. Shaharda Chag'charon Aeroporti mavjud.
Chag'charonda asosan dari tilida so'zlashuvchi, 15,000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Biroq, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, aholi soni 31 266 kishini tashkil etadi (2015-yil ma'lumotiga ko'ra).[1] Yagona tumandan tashkil topgan holda, umumiy yer maydoni 2614 gektarga teng.[2] Shahardagi turar-joylarning umumiy soni 3474 ta.[3]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O'rta asrlarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom dini yetib kelishidan oldin mintaqa aholisi turli dinlarga, jumladan zardushtiylik, buddizm, hinduizmga e'tiqod qilgan. X asrda Sulton Mahmud Gʻazniyning Afgʻonistonga Islom dinini olib kelgan . XII asrda Gʻaznaviylar magʻlubiyatga uchragach, hudud mahalliy Gʻuriylar sulolasi nazoratiga oʻtdi. G‘uriylar sulolasining yozgi poytaxti Firozkoh yaqinida Jom minorasini qurilgan. Bugungi kunda Jom minorasi YUNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan .
XIII asrda Moʻgʻul qoʻshini tomonidan Gʻor viloyati bosib olinib, Firozkohni vayron qilingan bo'lsa-da, Jom minorasi saqlab qolingan. Amir Temur uni bosib olgunga qadar(XIV asr) Ilxon davlati tomonidan boshqarib kelingan.
Boburning 1507-yil boshida Kobulga qilgan safarida, Chag'charon nomi. "Gurjiston viloyatida, Hirot, Gʻor va Gʻazni oʻrtasida joylashgan shahar edi" shaklida tilga olingan[4]
Hozirgi kunda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilda mustaqil FM radiostantsiyasi ( forscha : راديو صداي صلح yoki Tinchlik Ovozi radiosi ) Afg'onistonning bu qismidagi birinchi mustaqil OAV sifatida efirga chiqdi.
2005-yil iyun oyida, Xalqaro xavfsizlik kuchlari Litva boshchiligidagi viloyatni qayta qurish guruhini tuzdi, unda Xorvatiya, Daniya, Amerika, Ukraina, Islandiya va Gruziya qo'shinlari ham xizmat qilishdi.
2020-yil 14-may kuni Tolibon Chag‘charondagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilib, uch afg‘on askarini o‘ldirgan va yana 11 nafarini asirga olgan edi.[5][6]
2021-yil avgust oyida Chag‘charon Tolibon jangarilari tomonidan bosib olinadi va 2021-yilgi kengroq Tolibon hujumi doirasida Tolibon tomonidan bosib olingan o‘n oltinchi viloyat poytaxti bo‘ldi.[7]
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chag'charon aholisi 2020-yilda jami 150 982 kishini tashkil qilgan. Ulardan 7918 nafari shaharlarda, qolganlari esa atrofdagi qishloqlarda istiqomat qiladi.[8] Chag'charonning asosiy aholisi tojiklar bo'lib, pushtunlar va hazoralar ham ozchilikni tashkil etishadi.[9]
Yerdan foydalanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chag'charon (Firozkoh) Afg'onistonning markazida joylashgan bo'lib, Hirotga shimoldan 380 kilometrlik, g'arbdan xuddi shu masofa bilan Kobulga shosse bilan ulangan.[2] Firozkoh qadimiy shahar bo'lib, Chingizxon va Mo'g'ullar davrida ham mavjud bo'lgan qadimiy shahar hisoblanadi. Firozkoh qishloq xo'jaligi va chorvachilik bilan mashhur.[2]
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil avgust oyi holatiga ko‘ra, Xari daryosining shimoli-g‘arbida, Chag‘charondan bir chaqirim shimoli-sharqda joylashgan Chag‘charon aeroporti Kobul va Hirotga muntazam reyslarni amalga oshirib turardi. Biroq, 2016 yil yanvar oyidan boshlab, tijorat operatorlari endi reyslarni taklif qiliva Birlashgan Millatlar Tashkilotining Insonparvarlik Havo Xizmati (UNHAS) Chag'charon aeroportining Kobul va Hirot parvozlaridan yagona foydalanuvchi sifatida qoldi.
Chag'charondan asosiy yoʻl gʻarbda Hirot, sharqda Kobul tomon oʻtadi. Noqulay ob-havo tufayli yo'l ko'pincha qishda yopiladi va hatto yozda ham Chag'charondan Kobulga borish uchun 3 sutka ketishi mumkin.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻor viloyatida dehqonchilik va chorvachilik asosiy iqtisodiy faoliyat soha hisoblanadi.[10]
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chag'charon issiq-yoz nam kontinental iqlimga ega, qishi qorli, yozi issiq va quruq. Yogʻingarchilik kam, asosan qish va bahor oylariga to'g'ri keladi.
{{{Joy_ot}}} iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek |
Qo'shimcha ma'lumotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Afg'oniston tumanlari
- Afg'onistondagi shaharlar ro'yxati
Manbalari va izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The State of Afghan Cities report2015“. 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „The State of Afghan Cities report 2015“. 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-oktyabr.
- ↑ „The State of Afghan Cities report2015“. 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-oktyabr.
- ↑ Zahir ud-Din Mohammad Babur. „Events Of The Year 912“. Memoirs of Babur. Packard Humanities Institute (1507). 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-avgust.
- ↑ „Heavy casualties as Taliban attacks checkpoints in Afghanistan“ (2020-yil 17-may).
- ↑ „11 Afghan Soldiers Killed In Attacks On Security Checkpoints“ (2020-yil 16-may).
- ↑ Akhgar. „Taliban sweep across Afghanistan's south; take 4 more cities“ (en). AP NEWS (2021-yil 13-avgust). 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
- ↑ „NSIA“. 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Archived copy“. www.aims.org.af. 2005-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-yanvar.
- ↑ Ghor Province by Naval Postgraduate School, http://www.nps.edu/Programs/CCS/Ghor/Ghor.html
Tashqi havolalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dupri, Nensi Xetch (1977): Afg'oniston bo'yicha tarixiy qo'llanma . 1-nashr: 1970. 2-nashr. Qayta ko'rib chiqilgan va kengaytirilgan. Afg'oniston turistik tashkiloti. (32-bob - Chaxcharon Hirotga)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |