Kontent qismiga oʻtish

Catalina Sandino Moreno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Catalina Sandino Moreno

Sandino Moreno 2022-yilda
Tavalludi 19-aprel 1981-yil (1981-04-19) (43 yosh)
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2004–hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi
David Elwell (turm. 2006)
Bolalari 1

Catalina Sandino Moreno (1981-yil 19-aprelda tugʻilgan) – kolumbiyalik aktrisa boʻlib, „Maria Full of Grace“ (2004) filmidagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgani bilan mashhurlikka erishgan.

Shuningdek, „Fast Food Nation“ (2006), „Love in the Time of Cholera“ (2007), „Che“ (2008), „The Twilight Saga: Eclipse“ (2010), „Roa“ (2013), „A Most Violent Year“ (2014), „Falling Skies“ (2014), „American Gothic“ (2016), „Custody“ (2016), „The Affair“ (2015–2019), „The Quarry“ (2020), „Barbarians“ (2021), „From“ (2022), „Silent Night“ (2023) va „Ballerina“ (2024) kabi filmlarda ham turli xil rollarni ijro etgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sandino Moreno 1981-yil 19-aprelda Kolumbiyaning Bogota shahrida tugʻilgan[1]. U oʻrtahol oilada oʻsgan, otasi veterinar, onasi esa shifokor boʻlgan. U Bogotadagi Avliyo Jorj maktabida ingliz tili sinfida oʻqigan[2]. Aktrisa boʻlishidan oldin reklama boʻyicha oʻqigan[1].

Moreno 2004-yilda „Maria Full of Grace“ filmida bosh rolni ijro etgan. Filmdagi ijrosi uchun u „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan[3]. Shuningdek, Charlize Theron bilan birgalikda Berlin xalqaro kinofestivalida Kumush ayiq mukofotini qoʻlga kiritgan.

Oskar nominatsiyasining taʼsiridan soʻng, u oʻziga maʼqul keladigan rolni uch yil kutgan[4]. U V jurnaliga bergan intervyusida oʻzini aktrisa, kolumbiyalik muhojir va inson sifatida voqelikni aks ettirish mas’uliyatini his qilishini taʼkidlab oʻtgan. Uning fikricha, odamlarga dunyoda nima boʻlayotganini koʻrsatish muhim edi, chunki ular bu orqali nimadur oʻrganishlari mumkin edi.

2005-yilda u dramatik sanʼatni oʻrganish va oʻsha paytdagi muvaffaqiyatli karyerasini davom ettirish maqsadida Nyu-York shahriga koʻchib oʻtgan hamda AMPASga aʼzo boʻlishga taklif etilgan. 2006-yilda Patricia Arquette bilan birgalikda „Fast Food Nation“ nomli filmda rol ijro etgan[5]. Shuningdek, „Paris, je tʼaime“ filmida ham ishtirok etib, „Loin du 16e“ nomli epizodida yosh muhojir ona obrazini gavdalantirgan. 2007-yilda esa Gabriel García Márquezning xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan „Love in the Time of Cholera“ filmida Hildebranda Sanches rolini oʻynagan. Ushbu filmda Javier Bardem va Fernanda Montenegrolar ham rol ijro etishgan. 2008-yilda Moreno Benisio del Toro bilan birga Stiven Soderbergning „Che“ filmida Ernesto Che Guevaraning ikkinchi xotini Aleida March de Guevara rolini oʻynagan va 2008-yilgi Kann kinofestivalidagi film premyerasida ishtirok etgan. 2010-yilda esa Stephenie Meyerning „Twilight Saga: Eclipse“ filmiga asoslangan boshqa bir filmida ayol vampir Maria rolini oʻynagan.

2010–hozirgi kungacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orada biroz tanaffus qilib olganidan soʻng, 2013-yil noyabr oyida Alina Fernándezning xuddi shu nomdagi avtobiografiyasiga asoslangan „Castroʻs Daughter“ biopik filmida bosh rolni oʻynash uchun televideniyaga qaytgan[2]. U „Roa“ (2013) filmida ham rol oʻynagan, shuningdek, Oscar Isaac va Jessica Chastain bilan birga „A Most Violent Year“ (2014) filmida suratga tushgan. 2014-yil 20-oktyabrda esa „Falling Skies“ serialining soʻnggi mavsumida Izabella rolini ijro etishi eʼlon qilingan[6].

Sandino Moreno 2016-yilda „American Gothic“ teleserialida Christina Morales rolini oʻynagan. Xuddi shu yili „Custody“ (2016) filmida ham rol ijro etgan. Shuningdek, Viola Davis bilan birga Tribeca kinofestivalida boʻlib oʻtgan film premyerasida ham qatnashgan[7].

2022-yil dekabr oyida Sandino Moreno „John Wick“ filmlar seriyasining „Ballerina“ nomli spin-off filmidagi rollardan birini oʻynashi eʼlon qilingan[8]. 2023-yilda esa „John Woo Action Thriller Silent Night“ filmida Saya Godluck rolini oʻynagan[9].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sandino Moreno 2005-yilda People jurnalining „50 ta eng goʻzal odamlar“ roʻyxatiga kiritilgan.

Sandino Moreno kinoelektrik David Elwell bilan „Maria Full of Grace“ filmida ishlayotganda tanishgan. Ular 2006-yil 15-aprelda Cartagena de Indias shahrida boʻlib oʻtgan kichik marosimda turmush qurishgan.

Filimografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmlari
Yil Film Rol Izoh
2004 Maria Full of Grace María Álvarez Koʻplab mukofotlarga nominatsiyasi qoʻyilgan eng omadli filmi
2006 Journey to the End of the Night Angie
Paris, je tʼaime Ana Epizod: „Loin du 16e“
Fast Food Nation Sylvia
The Hottest State Sarah
2007 The Heart of the Earth Blanca Bosco
Love in the Time of Cholera Hildebranda Sanchez
2008 Che Part One: The Argentine Aleida March de Guevara
Che Part Two: Guerrilla Aleida March de Guevara
2010-yil La Siguiente Estación Eva Qisqa metrajli film
The Twilight Saga: Eclipse Maria
2012-yil For Greater Glory: The True Story of Cristiada Adriana
2013-yil Magic Magic Barbara
Roa María de Roa
A Stranger in Paradise Jules
Medeas Christina
2014-yil At the Devil’s Door Leigh
Swelter Carmen
A Most Violent Year Luisa
2016-yil Custody Sarah
Incarnate Camilla Marquez
2017-yil The Mystery of Casa Matusita Lucy
2020-yil The Quarry Celia
2021-yil Barbarians Eva
2023-yil Silent Night Saya Godluck [9]
2025-yil From the World of John Wick: Ballerina Suratga olinmoqda
Teleseriallari
Yil Serial Rol Izoh
2013-yil The Bridge Alma Ruiz
2014-yil Red Band Society Eva Palacios Ikkinchi darajali rol
2015-yil East Los High Eddiening onasi Ikkinchi darajali rol
2015-yil Falling Skies[6] Isabella Ikkinchi darajali rol (5-mavsum)
2015–2019-yillar The Affair Luisa Bosh rol (3–4-mavsumlar); ikkinchi darajali rol (2 va 5-mavsumlar)
2016-yil American Gothic Christina Morales
2019-yil Surveillance Natalie Reyes
2019-yil Room 104 Maria Epizod: „Rogue“
2022-yil From Tabitha Matthews Bosh rol
  1. 1,0 1,1 Hannah Watkin. „Catalina Sandino Moreno. Biography, news, photos and videos“. hellomagazine.com (2023-yil 26-iyul).
  2. 2,0 2,1 „'Castro's Daughter' Will be Catalina Sandino Moreno“. Variety.com (2013-yil 23-noyabr).
  3. „The 77th Academy Awards (2005) Nominees and Winners“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences (AMPAS). 2016-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-aprel.
  4. Thomas, Christopher (2006). „Blood & Roses“. V Magazine. February 24, 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: February 24, 2007.
  5. „Catalina Sandino Moreno Credits“. tvguide.com. Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 Andreeva, Nellie „Catalina Sandino Moreno Joins 'Falling Skies' On TNT“. Deadline (2014-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 20-oktyabr.
  7. Mekado Murphy. „Tribeca Interview: Viola Davis and Catalina Sandino Moreno“. nytimes.com (2016-yil 18-aprel).
  8. D'Alessandro, Anthony. „Ana De Armas 'John Wick' Spinoff 'Ballerina' Adds Catalina Sandino Moreno“. Deadline (2022-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  9. 9,0 9,1 Galuppo, Mia (April 4, 2022). „Kid Cudi Joins John Woo Action Thriller Silent Night. The Hollywood Reporter. PMRC. April 6, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: March 25, 2023.