Carl Wilhelm Scheele
Sheyele Karl Vilgelm (1742.9.12, Shtralzund, Germaniya — 1786.21.5, Chyoping) — shved kimyogari. Shvetsiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1775). 1756—1765 yillarda Gyoteborgdagi dorixonada ishlab, kimyoni mustaqil oʻrgangan. Malmyo (1765-1767), Stokgolm (1768-1769), Upsal (1770-1774), Chyoping (1775—1786) dorixonalarida ishlagan. Fridrix II taklif qilgan Berlin universiteti kimyo professor lavozimini rad etgan. Ilmiy ishlari kimyoning koʻpgina sohalarini oʻz ichiga oladi. Umrining oxirigacha flogiston nazariyasi tarafdori boʻlgan. Fosfor olish usulini taklif etgan (1769), kislorodni aniqlagan va ftorid kislota olgan (1771), erkin holdagi xlor, marganets va bariy (P)oksidni ajratib olgan (1774), vodorod arsenid va arsenat kislotani (1775), molibden va volframni kashf etgan. XVIII asrda maʼlum boʻlgan organik birikmalarning yarmidan ortigʻini, jumladan, vino kislotani (1769), sut kislotani (1780), siydik kislotani (1776), sianur, benzoy kislotani sintez qilgan.
"Efir" terminiga aniqlik kiritgan, efirlar olish usullarini, zaytun moyi gidrolizi mahsulotlarida glitserinni kashf etgan. Ilk bor shovul, limon (1784), olma (1785), pirogallol (1786) kislotalarini olish usullarini topgan. Sheyelit minerali nomi shahrining sharafiga qoʻyilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]