Kontent qismiga oʻtish

Car and Driver

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Car and Driver
Fayl:Car and driver july 2015 60th anniversary.png
Jurnalning 60 yilligiga bagʻishlangan 2015-yil iyul soni
Kategoriya Avtomobil
Sikli Oylik
Noshir Hearst Communications
Umumiy tiraj

(2022)

687,235[1]
Birinchi nashr 1955-yil iyun; 67 yil oldin(„Sports Cars Illustrated“ nomida)
Davlat AQSH,Shvetsariya,Italiya, Birlashgan

Qirollik, Fransiya, Ispaniya

Asos solingan

joy

Ann Arbor, Michigan
Til Ingliz tili (AQSH, Yaqin Sharq), Xitoy tili

(Xitoy), Portugal tili (Braziliya), Grek tili (Gretsiya) va Ispan tili (Ispaniya)

Website CarandDriver.com
ISSN 0008-6002

Car and Driver (tarjimasi „Avtomobil va haydovchi“)(CD yoki C/D) — Amerika avtomobil ishqibozlari jurnali. „Car and Driver“ jurnalining umumiy tiraji 2006-yilda 1,23 mln. donani tashkil qilgan. „Car and Driver“ jurnali AQSHdagi „Hearst Magazines“ kompaniyasiga tegishli. Jurnal „Sports Cars Illustrated“ sifatida tashkil qilingan[2]. „Car and Driver“ jurnali Michigan shtatining Ann Arbor shahrida nashr etiladi[3].

Sana Egasi
Egalik
1955-yil iyul — 1956-yil fevral Motor Publications
1956-yil mart — 1985-yil aprel Ziff Devis
1985-yil may — 1987-yil dekabr CBS Magazines
1988-yil yanvar — 1988-yil aprel Diamandis Communications
1988-yil aprel — 2011-yil may Hachette Filipacchi Media AQSh
2011-yil maydan hozirgi kunga qadar Hearst Communications






„Car and Driver“ jurnali dastlab 1955 -yilda „Sports Cars Illustrated “ nomi bilan oʻz faoliyatini boshlagan[4]. Dastlabki yillarda „Car and Driver“ jurnali asosan kichik va import qilingan sport avtomobillari haqida maqolalarni eʼlon qilgan. 1961-yilda muharrir Karl Lyudvigsen avtomobillarga umumiy eʼtiborni koʻrsatish uchun jurnalning nomini „Car and Driver“ deb oʻzgartirdi[5].

„Car and Driver“ jurnali muharrirlari orasida Bruce McCall[6], Jean Shepherd[7], Brock Yates[8], OʻRourke, William Jeanes va David E. Davis, Jr., kabilar faoliyat yuritishgan[9].

Car and Driver“ jurnali har yili oʻzining „Car and Driver 10Best“ roʻyxatini eʼlon qiladi. Bu roʻyxatda yilning eng yaxshi 10 ta sport avtomobillari reytingi chiqariladi.

Sana Bosh muharrir
Muharrirlar 
1955-yil iyul — 1955-yil noyabr George Parks
1955-yil dekabr — 1956-yil fevral Arthur Kramer
1956-yil mart — 1956-yil dekabr Ken Purdy
1957-yil yanvar — 1959-yil noyabr John Christy
1959-yil dekabr — 1962-yil yanvar Karl Lyudvigsen
1962-yil fevral — 1963-yil fevral William Pain
1963-yil mart — 1966-yil yanvar Devid E. Devis, Jr.
1966-yil fevral — 1966-yil oktyabr Brock Yates
1966-yil noyabr — 1968-yil yanvar Steve Smith
1968-yil fevral — 1969-yil dekabr Leon Mandel
1970-yil yanvar — 1971-yil mart Gordon Jennings
1971-yil aprel — 1974-yil noyabr Bob Brown
1974-yil dekabr — 1976-yil sentyabr Stephan Wilkinson
1976-yil oktyabr — 1985-yil oktyabr Devid E. Devis, Jr.
1985-yil noyabr — 1988-yil fevral Don Sherman
1988-yil mart — 1993-yil may William Jeanes
1993-yil iyun — 2008-yil dekabr Csaba Csere
2009-yil mart — 2019-yil aprel Eddie Alterman
2019-yil aprel — 2022-yil yanvar Sharon Silke Carty
2022-yil fevraldan hozirga qadar Tony Quiroga


Car and Driver“ jurnali maqolalari oʻzining hurmatsiz ohangda yozilishi bilan ajralib turadi. Jurnal shuningdek, koʻpincha munozarali masalalarni, ayniqsa siyosatga oid masalalarni oʻrganadi. „Car and Driver“ jurnali sport avtomobillari haqida ham maqolalar yozadi.Biroq, tahririyat ruknlariga siyosatning kirib kelishi kamdan-kam hollarda avtomobillar haqidagi sharhlarga yoki badiiy maqolalarga aralashadi.

"Car and Driver" jurnali veb-saytida maqolalar (ham original, ham bosma nashrlar), blog, avtomobil xaridorlari uchun qoʻllanma (AccuPayment, narxni hisoblash vositasi bilan) va „Backfires“ deb nomlangan ijtimoiy tarmoq sayti mavjud. 2020-yilda „Car and Driver“ jurnali oʻzining „Backfires“ deb nomlangan ijtimoiy tarmoq saytini bir muddatga toʻxtatib qoʻydi va 2021-yilda sayt faoliyatini davom ettirishni boshladi.

"Car and Driver" kompyuter oʻyini

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda „Car and Driver“ oʻz nomini oʻz nomini „Car and Driver“ nomli kompyuter oʻyiniga litsenziyaladi. Ushbu oʻyin 3D formatida boʻlib, kurslar poyga sxemalari, oval trek, tirbandlikdagi avtomobillar poygasi, dragstrip va avtokross sxemasidan iborat edi.

Oʻyin 10 ta avtomobil oʻrtasida oʻtkaziladi. Ular orasida Porsche 959, Ferrari F40, Lotus Esprit, Eagle Talon va Ferrari 512 kabi nomlar mavjud.

  1. „AAM: Total Circ for Consumer Magazines“. Audit Bureau of Circulations. Archived from the original on 2022-09-19. Retrieved 2022-09-19.
  2. Weber, Bruce. „Gerald Roush, 68, Fount of Ferrari Knowledge - Obituary (Obit) - NYTimes.com“. The New York Times (2010-yil 29-may). Qaraldi: 2020-yil 21-fevral.
  3. Alexander J. Drukas. „Car and Driver cruising to new Ann Arbor offices“. Booth Newspapers (2008-yil 6-mart).
  4. „Top 100 U.S. Magazines by Circulation“. PSA Research Center. 2016-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
  5. Mark J. McCourt. „Karl Ludvigsen“. Hemmings Classic Car (2019-yil yanvar).
  6. „Bruce McCall“. Car and Driver.
  7. Bergmann, Eugene. Excelsior, You Fathead!: The Art and Enigma of Jean Shepherd. Winona, Minnesota: Hal Leonard Corporation, November 1, 2004. ISBN 978-1-55783-600-7. 
  8. „Brock Yates“. Car and Driver.
  9. P.J. O'Rourke. „Ferrari Reinvents Manifest Destiny: P.J. O'Rourke Drives Cross-Country in a Ferrari 308GTS“. Car and Driver (2022-yil 16-fevral).