Camping World Stadium
Sobiq nom(lar)i |
Orlando Stadium (1936—1945) Tangerine Bowl (1947—1975) Citrus Bowl (1976) Orlando Stadium (1977—1982) Florida Citrus Bowl Stadium (1983—2013) Orlando Citrus Bowl Stadium (2014—2016) |
---|---|
Joyi | 1 Citrus Bowl Place, Orlando, Florida, AQSh |
Qachon ochilgan | 1936-yil |
Egasi | Orlando hokimiyati |
Yuzasi |
maysa (1936—2009) sunʼiy(2010—h.v.) |
Maydon oʻlchami |
120 × 53.3 yard (Amerika futboli) 114 × 74 yard (futbol) |
Maydon egalari | |
Capital One Bowl Orlando City Orlando Pride UCF Knights football Orlando City |
"Camping World" yoki "Camping World Stadium" (inglizcha: Camping World Stadium) — AQShning Florida shtatidagi Orlando shahrida joylashgan koʻp funksiyali stadion.
2011-yildan 2013-yilgacha va 2015-yildan 2016-yilgacha u AQSh va Kanadadagi asosiy futbol ligasi boʻlgan MLSda oʻynagan „Orlando Siti“ professional futbol klubining uy stadioni boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion 1936-yilda Buyuk Depressiyadan chiqish uchun iqtisodiy rivojlanish loyihalari davrida qurilgan. Dastlab u 8900 tomoshabinni sigʻdirar edi va „Orlando Stadium“ deb nomlangan. 1947-yilda stadion sigʻimi 10 000 tomoshabinga koʻtarildi va u „Tangerine Bowl“ deb oʻzgartirildi. Bu vaqtga kelib, stadion allaqachon amerika futboli uchun mashhur arenaga aylangan edi.
1952-yilda navbatdagi taʼmirdan soʻng stadion sigʻimi 12 000 tomoshabinga, 1968-yilda esa 17 000 tomoshabinga koʻtarildi. Shu bilan birga, stadionda birinchi press-boks qurildi. 1974-1976-yillar oraligʻida stadion sezilarli darajada kengaytirildi va sigʻimi 50 000 ga koʻtarildi. „Orlando Stadium“ nomi ham stadionga qaytdi. 1983-yilda Florida sitrus boʻlimi stadionning homiysi boʻldi, shu sababli u „Florida Citrus Bowl“ deb oʻzgartirildi.
1989-yilda arenani yangi rekonstruksiya qilish uchun 30 million dollar sarflandi, xususan, tribunalarning uchinchi qavati qurilib, stadion sig‘imi 65438 tomoshabinga yetdi. 2014-yilda stadion yana bir rekonstruksiyadan oʻtkazildi, toʻliq modernizatsiya qilindi va „Orlando Citrus Bowl Stadium“ nomi bilan mashhur boʻldi. Modernizatsiyadan soʻng sigʻimi 61 348 tomoshabinga yetdi[1][2].
2016-yil 26-aprelda stadionning keyingi sakkiz yilga nom berish huquqi gʻildirakli uylar kompaniyasi Camping World tomonidan sotib olingani eʼlon qilindi va stadion Camping World Stadium deb o‘zgartirildi[3].
Muhim sport tadbirlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurilganidan buyon stadion Florida shtatidagi, ham kollej, ham professional futbol jamoalarning uy maydoni boʻlib kelgan.
Stadionda 1994 yilgi Jahon chempionatining F guruhi oʻyinlari va 1/8 final oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Stadion, shuningdek, 1996-yilgi Olimpiya oʻyinlarida erkaklar va ayollar futbol jamoalarining guruh oʻyinlari uchun joy boʻlgan.
Ommaviy madaniyatda
[tahrir | manbasini tahrirlash]1998-yilda stadion Adam Sandler ishtirokidagi „Onasining bolasi“ filmini suratga olish uchun asosiy joylardan biri boʻlib xizmat qildi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Orlando Citrus Bowl: A Brief History“ (en) (21 января 2015). 2015-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Orlando Citrus Bowl history“ (en).
- ↑ „Camping World new title sponsor for Orlando Citrus Bowl“ (en). orlandosentinel.com (26 апреля 2016). 2017-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-oktyabr.
- ↑ „"The Waterboy": Filming locations“ (en).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Stadionning rasmiy sayti(ingl.)