Calvin Klein
Fayl:Photo 2023-04-15 08-31-19 | |
Turi | odam |
---|---|
Tarmogʻi | kiyim-kechak, poyabzal, soat |
Egasi | «PVH Corp» |
Qachon asos solingan | 1968 |
Joylashuvi | Nyu York, AQSH |
Mahsulot(lar)i | kiyim-kechak, atir |
Vebsayti | Официальный сайт |
Calvin Klein Inc. — 1968-yilda Nyu-Yorkda modelyer Calvin Klein va uning bolalikdagi doʻsti Barry Schwartz tomonidan tashkil etilgan Amerika modalar uyi. Brend jinsi shimlar, ichki kiyimlar, uniseks kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqaradi.
Calvin Klein brendi „PVH Corp“ kompaniyasi ostida yaratilgan boʻlib, 2003-yildan beri shu brendga egalik qiladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Calvin Klein, Ltd 1968-yilda Calvin Klein va uning bolalikdan birga ulgʻaygan doʻsti Barry Schvartz tomonidan Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Dastlab atelye erkaklar ustki kiyimlari ishlab chiqargan boʻlsa, asta-sekin ayollar uchun ham liboslarni loyihalashga oʻtadi. 1970-yillarda klassik uslubdagi erkaklar kostyumi yaratish uslubi ayollar liboslarini yaratishda ham qoʻllangan. 1970-yilda taqdim etilgan ikki koʻkrakli, keng lappelli kalta qilib bichilgan palto nafaqat oʻsha mavsumning xitiga aylanadi, balki deyarli oʻn yil davomida ayollar ustki liboslari modasiga ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. 1974-yilga kelib Calvin Klein aksessuarlar va moʻynali kiyimlar toʻplamini yaratishni ham yoʻlga qoʻydi[1].
1978-yilda Calvin Klein dunyoda birinchi boʻlib ayollar uchun ularning uzun oyoqlari va nozik sonlarini koʻrsatishga imkon beradigan „dizayner jinsi“ shimlarini ishga tushirdi va ularni sotuvga qoʻydi.
„Logomaniya“ endigina urf boʻla boshlagan oʻsha davrda jinsi shimlarning orqa choʻntagiga aniq koʻrinadigan qilib kompaniya logotipi tushirila boshlangan edi.
- Kompaniyaning sotilishi
2003-yilda Calvin Klein oʻzining koʻylak ishlab chiqaruvchi kompaniyasini 430 million AQSH dollariga AQShdagi Phillips-Van Heusen korporatsiyasiga sotadi. PVH Corp raisi va bosh direktori Emanuel Chirico va SSSRdan Roman Plexov edi[manba kerak]. Bugungi kunda Calvin Klein kompaniyasi 34,7 milliard dollarga baholanadi, shuningdek, kompaniya allaqachon dunyodagi eng boy modellashtirish brendiga aylanib ulgurgan[manba kerak].
2019-yil mart oyida Calvin Klein o‘zining tayyor liboslar kolleksiyalari ishlab chiqarishini toʻxtatishini, yaʼni Calvin Klein 205W39NYC brendini yopishini va bundan keyin brend moda haftaliklarida qatnashmasligi eʼlon qiladi.
Reklama kompaniyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Calvin Clein brendi oʻzining bahs va munozaralarga boy reklama kompaniyalari bilan mashhur.
- Jinsi liboslar reklamasi uchun kompaniya yosh aktrisa va model Brooke Shieldsning „Men va mening jinsim oʻrtasida hech narsa yoʻqligini bilasizmi? ..“ soʻzlari tushirilgan fotosuratlardan foydalangan. Ushbu reklama suratlari uchun dizayner voyaga yetmagan shaxslardan foydalanganlikda va ularni pornografik suratga olishda ayblangan. Janjal natijasida jinsi shimlar savdosi toʻxtatiladi. Shundan keyin 1998-yilda kompaniya yana klassik uslubdagi liboslar yaratishni yoʻlga qoʻyadi.
- 1982-yilda Calvin Klein erkaklar ichki kiyimlari kolleksiyasini yaratdi. Ushbu kolleksiyani targʻib qilish uchun brend reklama ishlarida birinchi marta yarim yalangʻoch erkak tanasidan foydalangan. Dizaynerning taʼkidlashicha, „ichki kiyimlar insonlarning yanada kelishgan koʻrinishlari uchun ishlab chiqariladi“. Keyinchalik, brendning reklama roliklariga suratga tushish uchun reper Mark Wahlberg va supermodel D. West ham jalb qilingan.
- 1992-yilda brendning reklama suratlarida yarim yalangʻoch juftlik tasvirlandi, reklamada suratlaridagi model qiz (yosh Keyt Moss) va yigit (reper Marky Mark) figuralari, soch turmagi va kiyimlari bilan bir-biriga juda oʻxshash edi. Brend tomonidan ishlab chiqarilgan yangi kiyim uslabdagi kiyimlar har ikkala jins uchun ham juda qulay va mos boʻlib, shuning uchun ham Calvin Klein brendi uniseks uslubi asoschisi hisoblanadi[2].
- 1999-yilda firma bolalar va oʻsmirlar ichki kiyimlari uchun reklama ishlarini boshlab yubordi, bu reklamalarda bolalarning bemaʼni va provokatsion fotosuratlari mavjud boʻlib, shov-shuvlarga sabab boʻlgan ushbu reklama eʼlon qilinishdan toʻxtatiladi va buning uchun dizayner omma oldida kechirim soʻraydi.
Parfyumeriya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Calvin Klein brendi tominidan ishlab chiqarilgan birinchi atir 1981-yilda ishlab chiqarilgan. Brend ayollar va erkaklarga uchun maxsus versiyalarga ega boʻlgan bir qator „Eternity“(1983-yil), „Obsession“ (1985-yil), „Ventilation“ (1986-yil) xushboʻy hidlarini ishlab chiqaradi.
1986-yilda Coty korporatsiyasi Calvin Klein brendi ostida parfyumeriya ishlab chiqarish huquqini sotib oldi. Brend hammasi boʻlib, kamida 61 ta atirlar ishlab chiqaradi, jumladan: CK One, CK Be, CK Euphoria, CK Truth .
Tarmoqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ck Calvin Klein — kundalik kiyimlar;
- Calvin Klein White Label — sport kiyimlari va poyabzallari;
- Calvin Klein Jeans — jinsi kiyimlar;
- Calvin Klein Golf — golf kiyimlari;
- Calvin Klein Watches & Jewelry — zargarlik buyumlari va soatlar;
- Calvin Klein Home — uy kiyimlari va aksessuarlari;
- Calvin Klein Underwear — ichki kiyimlar.
Doʻkonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika va Yevropa bozorlarini oʻzlashtirib boʻlgach, 1990-yillarda kompaniya faol ravishda sharqda ham doʻkonlar tarmogʻini kengaytira boshladi, Hong Kong, Jakarta, Quvaytda oʻz butiklarini ochadi. 2001-yilda Moskvadagi GUMda butik ochiladi, ammo brend butigi qisqa fursatlarda yopiladi. 2003-yil 27-martda Manejnaya maydonidagi „Oxotny Ryad“ savdo majmuasida brendning yangi doʻkoni paydo boʻladi va doʻkon brend tarmogʻining 37-doʻkoniga aylanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Энциклопедия брендов“. 2012-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-dekabr.
- ↑ „Биография Кляйна на Megac.ru“. 2010-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt (mavjud havola)(ingl.) )
- Kalvin Klein uslubidagi hayot (Wayback Machine saytida 2016-01-11 sanasida arxivlangan) (mavjud havola) (rus. )
- PVH Corp bosh kompaniyasining rasmiy veb-sayti(ingl.) )