COVID-19 ni Oʻzbekiston iqtisotiga qilgan tasiri
Barchamizga ma'lumki 2020 yil butun dunyo, shu jumladan O‘zbekistonda ham pandemiya holati jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta'sirini ko‘rsatdi.
Pandemiyaning global jarayonga aylanishi natijasida dunyo mamlakatlari, Markaziy Osiyo davlatlari va albatta O‘zbekiston iqtisodiyoti ham inqiroziy holatga tusha boshladi. Bunda jamiyatning sog‘liqni saqlash, savdo-sotiq , ishlab chiqarish kabi ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga ko‘rinarli darajada putur yetdi.
Xususan, O‘zbekistonda karantin choralari joriy qilingan dastlabki davrdagi iqtisodiy faollik susayishining eng quyi ko‘rsatkichlari aprel oyining birinchi dekadasida kuzatilib, tovar xom-ashyo birjasida savdolar bitimlari hajmi o‘rtacha 30 foizgacha, ayrim tovarlar bo‘yicha sotish hajmi esa, 80 foizgacha tushib ketdi. Aprel oyining 1-27 kunlarida mart oyining mos davriga nisbatan Respublika bo‘yicha jami pul tushumlari 45 foizga, bunda, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar 31 foizga hamda pullik xizmatlar sohasidan keladigan tushumlar esa qariyb 2,7 barobarga qisqarishi kuzatildi[1] .
Prezident Mirziyoyev dunyoga xavf solayotgan pandemiyani yengishda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarini yana ham yaxshilash zaruratiga keng e'tibor qaratdi [1].
"Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tahlillariga ko‘ra, pandemiya xavfi hali uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Demak, insoniyat boshidagi sinovlar yana qancha davom etishini hech kim aniq aytib bera olmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, nufuzli ekspertlar prognoziga ko‘ra, pandemiya butun dunyoda inqirozli holatlar, ijtimoiy keskinlik, qashshoqlik kabi muammolarni kuchaytirishi mumkin.
Barchamizga ayonki, pandemiyadan keyin dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasi albatta o‘zgaradi.
Mana shunday sharoitda kim yutadi? To‘plangan tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, kuchli va samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan davlatlar pandemiya xavfini o‘z vaqtida va bir yoqadan bosh chiqarib, bartaraf etishga va bu kurashda yengib chiqishga qodir bo‘ladi. Buni O‘zbekistonning pandemiya davridagi kurash tajribasi ham isbotlab turibdi [2] .
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqqan xolda dunyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonda ham koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq inqirozning jamiyat iqtisodiy o‘sishiga ta'sirini kamaytirishga doir faoliyatlar amalga oshirila boshlandi.
Jumladan: “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi [3]” O‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Farmonga ko‘ra jamiyatning turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta'minlash muxim vazifalardan biri sifatida ilgari surildi.
Koronavirusga qarshi kurashish hamda boshqa global xavf-xatarlar davrida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ish faoliyatini susaytirmaslik, import va eksport tarmoqlarini yanada rivojlantirish , aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish jarayonlariga katta e'tibor qaratildi. Farmonga ko‘ra quyidagi faoliyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma asosan mablag‘lar bilan ta'minlashda quidagi etaplarga e'tiborini qaratdi.
- davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘ladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta'minlash;
- xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
- koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish;
- yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta'mirlash, rekonstruktsiya qilish va jihozlash;
- Bundan tashqari tadbirkorlikni va aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib olish va sotish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kompensatsiya taqdim etish kengaytirildi.
- Respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikatsiyalarini qurish ko‘zda tutildi.
- Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari ham jadal tarzda amalga oshirildi. Jumladan kam ta'minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni kuchaytirish va nafaqa oluvchilar sonini oshirish,
- «Ishga marhamat» monomarkazlarini va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil qilish, shuningdek, mehnat migrantlarini kasbga va tilga o‘rgatishni tashkillashtirish ishlari so‘zlarimiz asosi sifatida namoyon bo‘ladi.
- Pandemiya davrida iqtisod sohasining ishlab chikarish tarmoqlaridagi eng og‘riqli muammolaridan biri soliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Farmonda shu xolatlar ham inobatga olingan bo‘lib buni miosllar tarikasida keltirib o‘tamiz.
a) 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;
alkogolь mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;
umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogolь mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi;
b) 2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi;
c) qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;
d) 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytiriladi;
e) jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi .
Yuqorida keltirilgan fikrlarimiz mamlakatimizda karantin sharoitida ishlab chiqarish tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash faoliyati sammarali amalga oshirilganligidan darak beradi.
Inqirozga qarshi Respublika komissiyasi faoliyati ish boshladi. Bunda karantin tartibi joriy qilinib, aholi salomatligini saqlash bo‘yicha virusning aholi o‘rtasida tarqalishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar muxim deb xisoblandi. Shu bilan birga mamlakat iqtisodiyotini inqirozga olib kelishini oldini oladigan chora-tadbirlarni qo‘llash va tadbirkorlik sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir faoliyat amalga oshirila boshlandi.
Bundan tashqari koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika komissiyasining qarori bilan 20 kunlik karantin davrida 120 ming ijtimoiy muhofazaga muxtoj oilani bepul oziq-ovqat, dori-darmon va birlamchi maxsulotlar bilan ta'minlash, moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun homiylik, xayriyani muvofiqlashtirish va ko‘ngillilar markazlari tashkil etilishi;
Yolg‘iz keksa odamlar, kam ta'minlangan, ko‘p bolali oilalar, og‘ir kasallar, ikki yoki undan ortiq bolani tarbiyalayotgan beva ayollar, ota-onalari nogironlar va yetimlarni tarbiyalayotgan oilalarga yordam ko‘rsatilishi;
Otasi yoki onasi yoxud, ikkalasi ham ishsiz bo‘lgan va mehnatga layoqatli a'zolari bo‘lgan, ammo pandemiya sababli vaqtincha daromadlaridan mahrum bo‘lgan oilalarga yordam ko‘rsatilishi kabi ishlarda insoniylik tuyg‘usi siyosatimizda aks etganini ko‘ramiz.
Karantin davrida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi bo‘yicha vaziyat dunyo darajasidan ancha yaxshi. Dunyo mamlakatlarida kuzatilingan yo‘qotishlar O‘zbekistonda kuzatilmagan. Boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda aholining soniga mutanosib ravishda zararlanishlar soni minimal ko‘rsatkichlarga yaqin. 100 ming kishiga to‘g‘ri keladigan holatlar soni bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida oxirgi o‘rinda – bizda bu ko‘rsatkich 35 kishini tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun, Rossiyada bu ko‘rsatkich – 484 kishi, Belorusiyada – 681 kishi, Qozog‘istonda – 291 kishi, Qirg‘izistonda – 143 kishi, Armanistonda – 1024 kishi. Bu ko‘rsatkich 34 million aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistonda 18,5 million aholisi bo‘lgan Qozog‘istonga nisbatan deyarli 5 baravar kam. Mamlakatimizda koronavirusdan o‘lim darajasi dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi – 0,4 foiz. Bu qo‘shni davlatlar - Qirg‘iziston va Qozog‘istonga nisbatan deyarli 2-3 baravar past. Rossiyada bu ko‘rsatkich 1,5 foizni, AQShda 4 foizni, Braziliya 3 foizni va Hindistonda 3 foizni tashkil qiladi [4] .
Karantin Davlat byudjeti barqarorligiga xavf tug‘dirishini inobatga olib, Davlat byudjetining 2020 yildagi parametrlarini maqbullashtirish choralari ko‘rildi.
Byudjet quyidagilarni moliyalashtirishga yo‘naltirildi:
• koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarga, shu jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ularni jihozlashga;
• ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lashga;
• oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal to‘lovlar va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan xarajatlarni qoplashga;
• Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.
Muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlar keyingi davrlarga ko‘chirildi. Xususan, byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta'mirlash bilan bog‘liq xarajatlar (1 iyulga qadar) to‘xtatildi va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘lar qisqartirildi yoki 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkazildi [5] .
Pandemiya davrida byudjetdan maosh oladigan qatlamiga yangicha ishlash turlari shakllantirildi. Jumladan, masofaviy ish turlari ya'ni ish beruvchilar o‘z xodimlariga (asosan homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni) masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga imkon yaratib berdilar.
Norasmiy sektordagi bandlarni qo‘llab - quvvatlash va shu bilan bog‘liq qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish ham dolzarb muammolardan biriga aylandi. O‘zbekiston mehnat bozorida band bo‘lgan 13,5 mln. aholining 7,8 milliontasi norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 mln. kishi mehnat migranti hisoblanadi [6] .
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |