Buzoqlar sepsisi
Buzoqlar sepsisi Kolibacteriosis — yosh hayvonlarning oʻtkir kechadigan yuqumli kasalligi boʻlib, asosan 1-8 kunlik buzoqlarda oq ich ketish, enterit, diareya, septisemiya, tokse-miya, kuchsizlanish tarzida namoyon boʻladi va kutilmaganda oʻlimga olib keladi[1].
Kasallikning iqtisodiy zarari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasallik yosh hayvon-larda birinchi kundan boshlanib, oʻtkir kechganligi uchun 10-20 foiz oʻlim kuzatiladi. Oʻz vaqtida tashxis qoʻyilmagan, davolash va profilaktika ishlari toʻgʻri tashkil qilinmagan xoʻjaliklarda oʻlim toʻxtamaydi va xoʻjalik katta iqtisodiy zarar koʻradi.
Kasallikni sabablari va qoʻzgʻatuvchisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasallikni Eshericha.Soli guruhiga mansub mikroorganizmlarning asosiy vakili Eshericha.Coli qoʻzgʻatadi. Yosh hayvonlarni saqlash va oziqlantirish sharoiti yaxshimasligi, iqlim oʻzgarishlari, zax, qorongʻi, eski binolarda yosh hayvonlarni saqlash, boʻgʻoz hayvonlarni balansli oziqlantirmaslik, sanitariya
masalalarining talab darajasida emasligi kasallikni kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin.
Klinik belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yosh hayvonlarda toʻsatdan tana haroratini koʻtarilishi, yurak urishi va nafas olishning tezlashishi, holsizlik bilan namoyon boʻladi. Bundan tashqari tum-
shuqlari quruq boʻlib, koʻz shilliq pardalari qontalashadi. 1-2 kun oʻtgach, septik holatga enterit qoʻshiladi. Ich suvdek ketadi, unga koʻpiksimon, havo pufakchalari aralashgan, oq-koʻkimtir rangda, badboʻy hidli boʻladi. Hazm boʻlmagan sut ich ketganda laxta-laxta suzmasimon boʻlib oʻtadi. Boʻynini yoniga tashlab biqiniga tirab yotadi. Koʻzlar choʻkib, jun oʻzining yaltiroqlik tabiiy holatini yoʻqotadi. Terida yopishqoq ter qotib qoladi va sassiq hid taratadi. Komatoz holat yuzaga keladi va oʻz vaqtida davolanmasa oʻlim kuzatiladi.
Kasallikning aniq tashxisi laboratoriya tekshiruvlari asosida amalga oshiriladi.
Patalogoanatomik oʻzgarishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻlgan hayvon tanasi ozgʻin, orqa chiqaruv teshigi atrofi va orqa oyoqlar axlat bilan ifloslangan, shilliq pardalarda kuchli qonsizlanish, qizarish, qon quyilgan, ingichka ichakda oziq-ovqat qoldiqlarining suyuq, shilimshiq aralashmasi boʻladi.
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasal hayvonlarni davolashda saqlash va oziqlantirish sharoiti yaxshilanadi. Ogʻiz suti oʻrniga fiziologik eritma yoki achchiq damlangan qora choy sovutib
beriladi. 1 l yuqorida qayd qilingan suyuqliklarga tovuq tuxumini aralashtirib berish yana ham foydaliroq. Antibiotiklarni ishlatishdan avval, ajratib olingan esheri xiyaning ularga sezuvchanligini aniqlab olish shart. Davolash uchun sintomitsin qoʻllanadi. Birinchi marta 40 mg, keyin har 4-6 soatda 20 mg dan berib boriladi. Biomitsin, terromitsin, tetratsiklin 2-3 marta 15-20 mg dan, kolimitsin 15-20 mg, polimiktsin esa 4 mg miqdorda tavsiya etiladi. Antibiotiklarni sut bilan berish maʼqulroq. Yurak-qon tomirlar faoliyatini yaxshilash uchun kofein, kamforalar qoʻllanadi. Antibiotiklar va sul`fanilamid preparatlaridan sul`fazol, sul`tsimid, disul`fan, ftolazollarni ham qoʻllash mumkin. Teri ostiga yoki qorin boʻshligʻiga glyukoza-tuzli eritmalarni yuborish suv-tuz almashinish jarayonini ushlab turishga yordam beradi. Chuqur klizma qilib, ichak tozalanadi[2].
Kasallikni oldini olish va qarshi kurashish choralari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har qanday kasalliklardan himoyalanish uchun hayvonlarni saqlash sharoiti va oziqlantirish zoogigienik koʻrsatkichlarga mos holda boʻlishi zarur. Tugʻruq davomida va tugʻruqdan keyingi davrda tozalik qoidalariga rioya qilish lozim. Buzoqning kindigiga tugʻruqdan keyin antiseptik eritma yod nastoykasi surish va kindik yalligʻlanishini oldini olish lozim. Buzoqning boshpanasi va tagi toza, qulay boʻlishi ham muhim.