Buyuk Termiziylar
Muallif(lar) | Mirzo Kenjabek |
---|---|
Muharrir(lar) | Jahongir Qo'nishev,Mansur Jumayev |
Bezovchi(lar) | Asqar Yoqubjonov |
Muqova artist(lar)i | Uyg'un Solihov |
Mamlakat | O'zbekiston |
Til | o'zbek |
Janr(lar)i | tarixiy-ilmiy |
Nashr etilgan sanasi | 2017 |
Nashriyot | "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti |
Sahifalar soni | 528 |
ISBN | 978-9943-07-471-2 |
Mirzo Kenjabek qalamiga mansub asar . Asar „Termiz tazkirasi“ rukni ostida nashr qilingan. Va unda Qadimiy Termiz va Chagʻaniyon hududida yashab oʻtgan toʻqson nafar avliyo, ulamo, shoir, adib boʻlgan Termiziylar hamda Chagʻoniylar zikr qilinadi. Shu bilan birga muayyan muddat Termiz shahrida yashab, ilm-ijod bilan shugʻullangan shaxslar manoqibi ham kitobdan oʻrin olgan. Kitob 9 bob, 528 betdan iboratdir. Asar soʻnggi, yaʼni toʻqqizinchi bobida esa muallifning hayoti va ijodiyoti haqida qisqacha maʼlumot, shu bilan birga Termiz va Surxon vohasiga bagʻishlab turli yillarda yozgan sheʼrlari ham jamlangan. Asarning ilk bobi Hazrat paygʻambar Zul-Kifl alayhissalom haqida, ikkinchi bob Muhammad ibn Ali Hakim at-Termiziy haqida, uchinchi bob Abu Iyso Muhammad at-Termiziy, toʻrtinchi bob Termiziylar sulolasiga mansub mashhur insonlar, beshinchi bob ulamo va fuzalo Termiziylar, oltinchi bob „Sunani Termiziy“ kitobida zikr qilingan ulugʻ Termiziylar, yettinchi bob shoir hamda adib Termiziylar hamda Chagʻoniylar, sakkizinchi bob Qadimiy Chagʻaniyon ulugʻlari haqida hikoya qilinadi. Toʻqqizinchi bob esa Termiz manzumasi deb ataladi. Bundan tashqari asarda Qur’oni karimdan suralar, adib va shoirlar ijodidan kichik parchalar, misollar ham keltiriladi. Mirzo Kenjabek ushbu asarni uzoq yillik izlanishlardan soʻng yaratgan va u ushbu mavzuga doir turli tarixiy asarlarni oʻrganib chiqqan. Asar ilk marta 2001-yilda nashrdan chiqqan. Asar faqatgina tarixiy shaxslardan iborat emas, ularga qoʻshimcha tarzda XIX va XX asr olim, shoir va shayxlaridan baʼzilari keltirib oʻtilgan.
Mirzo Kenjabek. Buyuk Termiziylar. Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. ISBN 978-9943-07-471-2.