Buyrak usti bezlari
Buyrak usti bezlari (glandula syprarenalis) — odam va umurtqali hayvonlarning ichki sekresiya bezi; ikkala (oʻng va chap) buyrak ustida joylashgan juft bez (nomi shundan kelib chiqqan). Uning oldi, orqa va pastki yuzalari farq qilinadi, ogʻirligi 3— 5g. Buyrak usti bezlari b. tashqi—poʻstloq qavati (adrenokortikal bez) va ichki — magʻiz qavati (adrenal bez)dan iborat boʻlib, har ikkala qavat strukturasi va funksiyasi alohida ichki sekresiya bezlari hisoblanadi.
Poʻstloq qavati kimyoviy tuzilishiga koʻra steroidlar qatoriga kiradigan, taʼsiri jihatdan farq qiladigan 3 xil gormon ishlab chiqaradi, shiralari qonga shimiladi. Ushbu gormonlar xolesterin va askorbin kislotadan sintezlanadi.
BUB sohasi | Gormonlar | |
---|---|---|
Po'stloq moddasidan: | Koptokchali qavat | Kortikosteroidlar:
|
Dastali qavat |
| |
To'r qavat |
| |
Mag'iz moddasidan | Katexolaminlar (adrenalin va noradrenalin, 6:1 nisbatda) |
Mineralokortikoidlar (aldosteron, kortikosteron, dezoksikortikosteron) — mineral almashinuvini boshqaradi, bularning eng faoli aldosteron organizmda suv-tuz almashinuvi jarayoniga taʼsir etadi. Glyukokortikoidlardan gidrokortizon oqsil, yogʻ va uglevod almashinuvida qatnashadi, organizmning kasallikka qarshilik kuchini oshirib, yalligʻlanishning tez tuzalishiga olib keladi. Buyrak usti bezlari b. poʻstloq qavatining jinsiy gormonlari — androgenlar va estrogenlar jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi, bolalik davrida jinsiy aʼzolarning rivojlanishini taʼminlaydi; balogʻat yoshiga yetganda bu gormonning ahamiyati kamayadi. Buyrak usti bezlari magʻiz qavatida adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlanadi. Ular nerv oxirlariga taʼsir etib, yuraktomir sistemasi ishini tartibga solib turadi. Buyrak usti bezlari b.ning shikastlanishi turli kasalliklar (masalan, Bronza kasalligi)ga olib keladi. Buyrak usti bezlari b. faoliyatini nerv sistemasi va bosh miya poʻstlogʻi idora etadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- https://www.grandars.ru/college/medicina/nadpochechniki.html
- Odam anatomiyasi O'.G'. Ahmedov 2-nashr, Toshkent "Iqtisod-moliya", 2007-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |